Toshkent 2020 yil


XIV.3. Toza hudud dasturi, uning mazmuni, maqsadi va vazifalari



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/452
tarix02.12.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#171372
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

XIV.3. Toza hudud dasturi, uning mazmuni, maqsadi va vazifalari. 
 
Zardo‗shtiylarni muqaddas kitobi ―Avesto‖ da yozilishica
53
–O‗likka faqat 
belgilangan odamlar (hozirda- g‘assol) ya‘ni, alohida o‗lik yuvadiganlar bo‗lgan, 
iloji boricha o‗lgan kunning o‗zidayoq jasadni maxsus joyga olib borishga harakat 
qilganlar. Jasad alohida ajratilgan minorlarga, qadim-qadim zamonlarda esa ochiq 
tog‘ yon-bag‘rlariga, cho‗l va toshloq joylarga qo‗yilib, u yerda qush, qurt-
qumursqa va yovvoyi hayvonlarga yemish bo‗lgan. Bundan maqsad jasad yerni 
iflos qilmasligi, suvni bulg‘amasligi, o‗tlarni zaharlamasligi kerak. Jasad go‗shtdan 
tozalangach, suyaklar to‗planib, ―Astudon‖ degan sopol idishlarga solib ko‗milgan. 
53
AVESTO.Tahixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. –‖Sharq‖, 2001. – T.: 384 b 
+16 b.zarv. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
231 
O‗zbekiston Respublikasining 2017 yil 21 apreldagi
54
―Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish 
to‗g‗risida‖gi PF–5024-sonli Farmoniga muvofiq hamda chiqindilar bilan bog‗liq 
ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish, 
munosib yashash sharoitlarini yaratish, respublikada sanitariya va ekologik 
vaziyatni yaxshilash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, 
shuningdek, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi ―Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish qo‗mitasi‖, viloyatlar ―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish 
boshqarmalari‖ 
huzuridagi 
―Toza 
hudud‖ 
Davlat 
unitar 
korxonalarining samarali faoliyatini tashkil etish maqsadida:
-Qoraqalpog‗iston Respublikasi ―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
qo‗mitasi‖, viloyatlar ―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari‖ 
huzuridagi ―Toza hudud‖ Davlat unitar korxonalari (12-ilovaga qarang) 1-ilovaga
shuningdek, tuman (shahar) filiallarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga; 
qattiq maishiy chiqindilarning to‗planishi, ularni yig‗ish, tashish, utilizatsiya 
qilish, qayta ishlash va ko‗mish ishlarining kompleks sxemasi 3-ilovaga; 
2017 — 2021 yillarda maishiy chiqindilarni yig‗ish, saqlash, qayta ishlash va 
utilizatsiya qilish tizimini takomillashtirishga doir tadbirlar 4-ilovaga; 
―Toza hudud‖ Davlat unitar korxonalariga tuman (shahar) hokimliklari 
huzuridagi obodonlashtirish boshqarmalarining bepul topshirilayotgan mulk 
ro‗yxati 5-ilovaga; 
respublika shaharlarida sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlarni qattiq maishiy chiqindilarni elash bo‗yicha elektromexanika 
uskunalari bilan qo‗shimcha jihozlash prognoz parametrlari 6-ilovaga; 
2017-2018 yillarda ―Toza hudud‖ DUKni maxsus texnika va uskunalar bilan 
qo‗shimcha jihozlash prognoz parametrlari 6a-ilovaga; 
2017 yilda Davlat byudjeti mablag‗lari hisobidan chiqindi to‗plash 
shoxobchalarini qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash bo‗yicha manzilli 
dastur 7-ilovaga; 
2017-2018 
yillarda 
shaharlarda 
sanitariya 
jihatidan 
tozalashga 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning faoliyat ko‗rsatayotgan poligonlari va ―Toza 
hudud‖ DUKni jihozlash bo‗yicha manzilli dastur 8-ilovaga; 
2018 yilda Davlat byudjeti mablag‗lari hisobidan qattiq maishiy 
chiqindilarning yangi poligonlarini yaratish bo‗yicha manzilli dastur 9-ilovaga; 
2017-2018 yillarda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‗yicha 
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish prognoz parametrlari 10-ilovaga; 
54
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining qarori. 2017 — 2021 yillarda maishiy chiqindilar 
bilan bog‘liqishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida. ―Xalq so‘zi» gazеtasi 2017 yil 22 aprеldagi 80 (6774)-soni. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
232 
2017 — 2021 yillarda qattiq maishiy chiqindilar poligonlarida organik 
o‗g‗itlar ishlab chiqarish bo‗yicha prognoz parametrlari 11-ilovaga* muvofiq; 
2017 — 2021 yillarda xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‗larini jalb 
qilgan holda shaharlarda maishiy chiqindilarni yig‗ish, tashish, utilizatsiya qilish 
va qayta ishlash tizimlarini rivojlantirish bo‗yicha investitsiya loyihalarining 
ro‗yxati 12-ilovaga asoslanib tasdiqlandi. 
Toshkent shahrida chiqindilarni olib chiqish, chiqindi yig‗ish punktlari va 
qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini saqlash va ekspluatatsiya qilish 
―Maxsustrans‖ davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar ko‗rib 
chiqildi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin