Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
96
V Bob. Inson ekologiyasi
Atrof-muhitni sog‘lomlashtirish, aholini ichimlik suvi,
ekologik toza oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash, biologik xilma-xillikni asrash,
iqlim
o‗zgarishlarining oldini olish dolzarb muammolar hisoblanadi va ularni ijobiy hal
qilish insoniyatning kelgusi taraqqiyotini belgilaydi.
V.1. Inson biologik tur sifatida.
Hozirgi mavjud ekologik muammolarni
o‗rganish, ularni tushunib yetish va zarur tadbirlarni
amalga oshirishda ishtirok
etish uchun, har bir inson Koinot, quyosh, yer,
notirik va tirik tabiatning
uyg‘unligi to‗g‘risidagi bilimlarga ega bo‗lishi lozimdir.
Quyosh, yulduzlar va ularning to‗plamlari-Galaktikalar biz yashaydigan
Koinotni tashkil qiladi.
Koinot
– bu bizni o‗rab
turadigan olam, quruqlik va
dengizdagi tirik va notirik tabiat, masalan, kit va bakteriya, yo‗l chetidagi tosh va
guldagi shudring tomchisidir. Tartibga solingan Koinot ―Kosmos‖ deb yuritiladi.
Hozirgi zamon fani Koinotni taxminan 15 milliard yil oldin ―Katta portlash‖
natijasida paydo bo‗lganligini isbotlovchi dalillarga egadir.
Koinot, yulduzlar, sayyoralar-o‗n sakkiz ming olam, buyuk hikmat va
qudrat sohibi
–
Yaratuvchining asaridir.
Muqaddas
―Qur‘oni Karim‖da ―Albatta osmonlar va yerning
yaratilishida, kecha va kunduzning almashib turishida, dengizda odamlarga
kerakli narsalarni olib yurgan kemalarning(
suzishida
Dostları ilə paylaş: