Tashkillashtirilgan tashlamalarga
korxonalarning statsionar o‗rnatilgan
mo‗rilaridan,
ventilyatsiya
qurilmalaridan,
neft
mahsulotlarini
saqlash
rezervuarlarining nafas olish klapanlaridan va shu kabi manbalardan chiqqan
gazlar kiradi.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
179
Tashkillashtirilmagan tashlamalarga
esa – texnologik rejimlarni izdan
chiqishi, avariya, quvurlardagi germetizatsiyani buzilishi, suyuq moddalarni
to‗kilishi va ularni bug‘lanishi natijasida hosil bo‗luvchi chiqindi gazlar kiradi.
Atmosferaga
tashlanuvchi
chiqindi
gazlarning
tashlanishini
oldini
olish uchun texnologiyalar mukamallashtiriladi, qurilma germetizatsiyasi
yaxshilanadi, tozalash inshooti quriladi, chiqindilarning tashlanishi ustidan qat‘iy
nazorat o‗rnatiladi.
IX.2.
Atmosfera
havosini
zararli
gazlardan
tozalash
usullari.
Atmosferaga
tashlanuvchi
chiqindi
gazlardan
tozalashda:
Adsorbsiya;
absorbsiya; xemosorbsiya; katalitik va termik
usullardan keng foydalaniladi.
Atmosfera havosini Adsorbtsiya
usulida tozalash
:
Sorbtsiya – bu atrof-
muhitdan kerakli moddalarni qattiq jism yoki suyuqlik yordamida shimib olish
jarayonidir.
Agar havo yoki gazni qattiq jism o‗ziga yutib olsa, unda bu
jarayonni adsorbtsiya deyiladi.
Demak,o‗ziga yutib oluvchi moddalarni
adsorbentlar deyiladi. Adsorbentlar sifatida faollashtirilgan ko‗mirlar (masalan, gaz
tozalash moslamalar (Protivogazlarda ishlatiladigan ko‗mirlar), silikagellar,
sintetik seolitlar, Polimer plyonkalari va tolalari hamda boshqa moddalar
ishlatiladi.
Sanoatda adsorbtsiya usuli gazlarni turli zaharli moddalardan tozalash uchun
qo‗llaniladi. Adsorbtsiya usuli yordamida changli havo aralashmalaridan havoni
tozalab olish mumkin. Bundan tashqari, adsorbtsiya usuli yordamida ba‘zi bir
qimmatbaho moddalarni ushlab qolib, boshqa qolgan moddalarni texnologik
jarayonga qaytarish mumkin.
Adsorbentlar kerakli moddani yutib olish qobiliyati bilan, ya‘ni adsorbtsiya
kattaligi bilan ifodalanadi. Adsorbtsiya kattaligi esa, g/100g bilan ifodalanadi.
Buning ma‘nosi shundan iboratki, u 100 g. adsorbent necha gramm gaz yoki
suyuqlikni o‗ziga yutib olganini ko‗rsatadi. Adsorbtsiya kattaligining qiymati
qancha katta bo‗lsa, demak adsorbent siftida qo‗llanilgan modda shuncha yaxshi
adsorbent hisoblanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, adsorbentning kimyoviy tarkibiga,
xossalariga va zaharli modda (ya‘ni, adsorbat)ning xossalariga bog‘liq bo‗ladi.
Bundan tashqari, Adsorbatsiya kattaligi tashqi omillarga, ya‘ni tozalanayotgan
havo yoki gaz tarkibidagi zaharli moddaning bug‘ bosimiga va haroratiga bog‘liq
bo‗ladi.
41
41
В. А. Зайцев.
Промьшленная экология.
Москва 2002
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
180
Dostları ilə paylaş: |