Toshkent 2020 yil


Ekologiyaning bo‗lim va tarmoqlari



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Ekologiyaning bo‗lim va tarmoqlari.
Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, 
biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining asosiy 
tushunchalari va manbalari hisoblanadi. Shuning uchun 
umumiy ekologiya 4 
bo‗limga
bo‗lib o‗rganiladi: 
1.
 
Autekologiya; 
2.
 
Populyatsiyalar ekologiyasi; 
3.
 
Sinekologiya; 
4.
 
Biosfera.
1

Autekologiya (―autos‖– yunoncha so‗z bo‗lib, ―o‗zi‖
degan ma‘noni 
bildiradi) ayrim turlarning yashab turgan muhiti bilan o‗zaro munosabatini, 
turlarning qanday muhitga ko‗proq va uzviy moslashganini o‗rganadi. 
2

Populyatsiyalar ekologiyasi (―populyatsion‖– frantsuzcha so‗z bo‗lib, 
―aholi‖
degan ma‘noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi. ma‘lum 
sharoitda turli organizmlar sonining o‗zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini 
tekshiradi. 
3.
Sinekologiya (―sin‖– yunoncha so‗z bo‗lib, ―birgalikda‖
degan ma‘noni 
bildiradi) biogeosenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‗simliklar va hayvonot 
turlarining o‗zaro aloqalarini, hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini 
o‗rganadi. 
4.
Ekotizmlarni tadqiq qilish va ularning rivojlanishi biosfera (yunoncha 
―bios‖–hayot, ―sfera‖–shar)
haqidagi ta‘limotni vujudga keltirdi. Sayyoramizda 
tarqalgan organizmlar, ya‘ni 
Yer qobig‘idagi barcha mavjudotlar tizimi 
biosfera deb ataladi
. Ushbu ta‘limotning asoschisi akademik V.I.Vernadskiy 
(1863-1945) hisoblanadi. 
Oxirgi 20-25 yil davomida insonning atrof-muhitga bevosita ta‘siri tufayli 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tubdan o‗zgarib, sohalar ekologiyasi (ijtimoiy 
ekologiya, iqtisodiy ekologiya, suv ekologiyasi, energetika ekologiyasi, qurilish 
ekologiyasi, sanoat ekologiyasi va hokazolar) vujudga keldi. Lekin ekologiya 
fanini o‗rganmasdan, sanoat ekologiyasini o‗rganib bo‗lmaydi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin