Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
20
I.2. Ekologiya fanining rivojlanish tarixi.
Tarixdan bizga ma‘lumki, Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyatini
o‗zida mujassamlashtirgan birinchi yozma yodgorlik manbai bo‗lgan
zardushtiylarning ―Avesto‖ kitobida, atrof-tabiiy muhitning sofligiga qarab,
insonlarning 800 yildan 1400 yilgacha umr ko‗rganliklari bayon etiladi.
―Avesto‖
ning
―Vandidot
5
‖
qismida suv va yerdan foydalanish, unda
jinoyat va jazo, mol-mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga solib turuvchi
qoidalar bitilgan(««Yangi Avesto»ning
keyingi tarkiblaridan biri». Ammo ba‘zi
avestoshunoslarning fikriga ko‗ra, uning o‗zi
yahlit asar bo‗lib, qadimiy mo‗g‘ullarning
odat va an‘analari, rasm-rusmlari, ahloq-
odobi, madaniyat va maorifini o‗z ichiga
olgan. ―Vandidot‖, yoxud ―Vaydaivadota‖
so‗zining o‗zbekcha ma‘nosi ―Devlarni
uzoqlashtirguvchi qonun‖ yoki ―Devlarga
qarshi nizom‖dir).
―Vandidot‖
ning 13-14 -
boblarida har kuni kishilar ekinlarni ikki
marotaba sug‘orishlari mumkinligi. Lekin,
sug‘orish, suvining miqdori bir belkurak
kengligidagi va chuqurligidagi ariq, orqali
amalga oshirishga xaqli ekanliklari bayon
etilgan.
―Navro‗z‖
bayramida esa Sharq
xalqlarining urf-odatlariga ko‗ra, xar bir
inson
―yangi yil‖
munosabati bilan yerga
ko‗chat qadashi va urug‘ sepishi orqali
tabiatni
obodonlashtirishi,
ariq,
zovur,
o‗rmon va dalalarni tozalashi kerak bo‗lgan.
Bunday holat har bir kishining
majburiyatiga aylantirilgan va jamoatchilik
oldidagi javobgarligi hisoblangan
6
.
Tabiat cheksiz, tabiiy boyliklari bitmas–tuganmas degan ibtidoiy
tasavvurlarga chek qo‗yish, kishining madaniyat darajasini, intellektual bilim
saviyasini uning tabiatga bo‗lgan munosabati bilan o‗lchaydigan davr keldi.
Nabotot va hayvonot dunyosini ehtiyot qilish, har bir gul yoki novdani
uzishdan, yoki hayvonga o‗q uzishdan oldin shu hatti harakat to‗g‘risida o‗ylab
ko‗rish, o‗z hovlisini va shahar havosini iflos qilib, axlat yoqayotgan kishiga
befarq qaramaslik tabiatni muhofaza qilishning tarkibiy qismidir.
Ma‘lumki, ―Ekologiya‖ fani nihoyatda keng ko‗lamda xilma-xil muammolarni
5
AVESTO.Tahixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. –‖Sharq‖, 2001. – T.: 384 b 16
b.zarv.
6
A. Nig‘matov. O‘zbekiston Respublikasining ekologiya huquqi. Darslik. Toshkent -2004.
Falsafada
Dostları ilə paylaş: