Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

―tabiat qonuni‖
yoki 
―munosabat qonuni‖
deb atagan edi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan ekologik madaniyat me‘rosiga ega. 
Markaziy Osiyo, shuningdek O‗zbekiston tabiatini, o‗simliklar va hayvonot 
dunyosini o‗rgangan olimlar D.N.Kashkarov, E.P.Korovin, T.Z.Zohidov, 
A.M.Muhammadiev va boshqalarning ilmiy maktablari, shogirdlari bilan birga olib 
borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ekologiyaning yanada rivojlanishiga 
katta hissa qo‗shdi. 
Fanni o‗qitishning dolzarbligi.
Ma‘lumki, keyingi 80 yil davomida fan va 
texnika keskin rivojlandi, sanoat, transport, qurilish, energetika tarmoqlari tez 
sur‘atlar bilan o‗sdi, tabiiy boyliklar (neft va gaz, ko‗mir, rangli metallar) dan 
haddan tashqari ko‗p foydalanildi, qo‗riq yerlar, yaylovlar, to‗qayzorlar, 
botqoqliklar o‗zlashtirildi, sanoatda va qishloq xo‗jaligi tarmoqlarida turli zaharli 
kimyoviy moddalardan qo‗llanib kelindi. Natijada tabiiy muhitda ekologik 
muvozanat buzildi, tuproq, suv va atmosfera havosining tabiiy tarkibi o‗zgaradi, 
turli ifloslanishlar paydo bo‗ldi. 
Bular nafaqat iqtisodiy – ijtimoiy tangliklarni, balki ekologik tangliklarni 
kelib chiqishiga asosiy sabab bo‗ldi va tabiiy boyliklarni kun sayin kamayishiga 
olib keldi. Masalan, Jarqoq va Gazli yer osti boyliklari yildan yilga kamayib 
borishi ko‗pchilikka ma‘lum bo‗lib qoldi. 
Bundan tashqari, ba‘zi-bir mintaqalarda suv muammolarining kelib chiqishi 
(masalan, Orol dengizining qurib borishi), o‗simlik va hayvon turlarining qirilib 
ketishiga sabab bo‗ldi. Agar XVII - XVIII asrlarda hammasi bo‗lib o‗simlik va 
hayvonlarning 32 turlari yo‗qolib ketgan bo‗lsa, hozirga kelib 235 hayvonot turlari 
va 400 dan ortiq o‗simlik turlari yo‗qolib ketdi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
22 
Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o‗z ―Murojaatnomasi‖ (2017 yil)da 
Orol va Orolbo‗yi muammolariga to‗xtalib, ‖Orolbo‗yida ekologik vaziyatni 
yaxshilash yuzasidan aniq choralar ko‗rilib, Moliya vazirligi huzurida Orolbo‗yi 
mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilganligi va unga 200 milliard so‗mdan 
ortiq mablag‘ yo‗naltirilganligi, ana shu mablag‘lar hisobidan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta‘minoti, turmush sharoiti 
yaxshilanayotganini‖
7
qayd etish o‗rinlidir. Shuningdek, ko‗rilayotgan chora-
tadbirlar hozirgi kun uchun yyetarlicha emasligi, ekologik xavfsizlik, suv va tabiiy 
resurslardan oqilona foydalanish doimo e‘tiborimiz markazida turishi zarur 
ekanligini ta‘kidladi.
Muhtaram Prezidentimiz o‗z nutqlarida: ―Suv xo‗jaligi vazirligi 2019 yil 
davomida mintaqadagi davlatlar ekspertlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda suv 
resurslaridan oqilona foydalanish bo‗yicha takliflarni ishlab chiqishi lozim 
ekanligi, hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5
million gektardan ortiq maydonda 
Orolqum sahrosi paydo bo‗lib, buning natijasida, har yili 100 million tonna qum 
va tuz havoga ko‗tarilayotgani, bu esa Orol halokatining ―Global muammo‖ 
ekanini yana bir bor isbotlayotganligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti- 
ning Orolbo‗yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‗yicha ko‗p tomonlama 
sheriklik asosida ―Trast fondi‖ning tuzilishi o‗zbek diplomatiyasining katta yutug‘i 
bo‗lganligi, biz O‗zbekiston tashabbusini qo‗llab-quvvatlagani uchun Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antonio Guterrish hamda Birlashgan 
Millatlar Tashkiloti institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz, Orol 
dengizining suvsiz qolgan hududida yashil o‗rmonlar barpo etishga alohida e‘tibor 
bermoqdamiz.
Agar mustaqillik yillarida O‗zbekiston bo‗yicha 1 million 220 ming gektarga
7
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
22 dekabr 2017 yil


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
23 
yaqin o‗rmonzor yaratilgan bo‗lsa, shundan 400 ming gektardan ortig‘i aynan 
Orolbo‗yi hududida barpo etilgan. Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus 
dasturga ko‗ra, Orol dengizining suvsiz hududida kelgusi yilda yana 500 ming 
gektar o‗rmonzor barpo etiladi‖
8
– deb ta‘kidladi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin