Toshkent 2020 yil


Yopiq suv aylanma tizimlarini



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
Yopiq suv aylanma tizimlarini
joriy etish.
Ishlab chiqarish majmualarida 
xosil bo‗lgan oqova suvlarni, faqat tozalash usullarini takomillashtirish yoki suvsiz 
jarayonlarni joriy etish orqaligina yaxshi natijaga erishib bo‗lmaydi.
Ishlab chiqarishda suvdan ko'p marotaba (kaskadli) oqilona foydalanish, kam 
suvli yoki suvsiz texnologik jarayonlardan foydalanish, texnik suv ta'minotining 
mahalliy yopiq tizimlarini yaratish, ish joyidan tashqarida tozalangan oqava 
suvlardan foydalanish, texnik va sovuq suv ta'minoti tizimlarida tozalash 
inshootlari va boshqalar, mantiqiy xulosaga kelishning asosini tashkil qiladi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yopiq suv 
tizimlarini yaratish juda qiyin vazifa. Oqava suvlarning murakkab fizik-kimyoviy 
tarkibi, tarkibidagi birikmalarning xilma-xilligi va ularning bir-biri bilan o'zaro 
ta'siri, milliy iqtisodiyotning turli sohalarida foydalanishga yaroqli drenajsiz 
zanjirlarning universal tuzilishini tanlash imkonini yo‗qotadi. Korxonalarda 
bunday tizimlarni yaratish- texnologiya, texnik jihozlarning xususiyatlari, 
ishlatiladigan mahsulotlar va suv sifatiga bo'lgan talablarga va omillarga bog'liq. 
Bu jarayon, ba‘zi rivojlangan mamlakatlarda allaqachon joriy qilingan yoki joriy 
etilmoqda.
Yopiq suv aylanma tizimlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega bo'lgan 
masala, barcha texnologik jarayonlarda ishlatiladigan suv sifatiga ilmiy asoslangan 
talablarni ishlab chiqishdir. O‗zingizga ma‘lumki, texnologik jarayonlarning 
aksariyati ichimlik suvidan foydalanishni talab qilmaydi. Shuning uchun, asosan 
quyidagi omillar bilan belgilanadigan suv sifatining asosiy ko'rsatkichlarining 
maksimal mumkin bo'lgan chegaralarini baholash kerak: 
- ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati yomonlashmasligi kerak; 
- uskunalarning muammosiz ishlashini ta'minlash kerak;
- suvning toksikologik yoki epidemiologik xususiyatlarining o'zgarishi sababli 
xodimlarning sog'lig'iga ta'sir etmasligi shart. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin