Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
203
Chortoq
1975
30,0
Chortoqsoy
37,0
50,0
Eskiyer
1978
18,5
G‘irvonsoy,
Namangansoy
23.0
10.0
Samarqand viloyatida
Oqdaryo
1989
131.5
Oqdaryo
20,0
70,0
Tursunsoy
1989
52,1
Tursunsoy
40,6
40,0
Qorasuv
1988
29,0
Qorasuv
15,0
2,7
Qoratepa
1981
24,0
Qoratepasoy
36,0
4,0
Surxondaryo viloyatida
Degres
1962
12,7
Xo‗jaikonsoy
12,8
5,0
Janubiy
Surxon
1967
800,0
Surxondaryo
30,0
150,0
Oqtepa
1973
120,0
Amudaryo
14,0
19,0
To‗palang
-
5000
Amudaryo
-
-
Uchqizil
1952
160,0
Surxondaryo
11,5
15,0
Toshkent viloyatida
Ohangaron
1989
260,0
Ohangaron
100,0
480,0
Toshkent
1963
250,0
Ohangaron
36,5
45
Farg‘ona viloyatida
Karkidon
1967
218,4
Kuvasoy,
Qoradaryo
70,0
50,0
Qo‗rg‘ontepa
1981
24,0
Shohimardon
45,0
5,0
Qashqadaryo viloyatida
Dehqonobod
1981
27,2
Kichik
O‗radaryo
36,2
12,0
Pachkamar
1968
260,0
G‘uzor
70,0
30,0
Chimqo‗r-
g‘on
1960
500
Qashqadaryo
33,0
350,0
Qamashi
1958
250,0
Yakka
bog‘daryo
14,9
5,0
Hisorak
1990
180,0
Oqdaryo
138,5
260,0
Yer sharidagi suvning umumiy hajmi 1400 mln. km ga teng bo‗lib, uning
atigi 3%ini chuchuk suvlar tashkil qiladi. Insoniyat ishlab chiqarishda qishloq
xo‗jaligida, katta miqdorda suvni iste‘mol qiladi.
XI.3. Gidrosferaning ifloslanishi.
Ma‘lumki, minglab yillar davomida
ajdodlarimiz suvni muqaddas bilib, ―uni ifloslasang katta gunoh bo‗ladi‖
–
deb
uqtirib kelishgan, suvni e‘zozlashgan,
undan oqilona foydalanishgan, ariqdagi
suvlardan bemalol ichimlik suv sifatida foydalanishgan.
Suv resurslarini
ifloslanishiga 2 xil omil ta‘sir ko‗rsatadi:
1)
Tabiiy omil
–
Atmosferadagi turli zararli moddalarni yog‘inlar bilan suvga
tushishi, shamol ta‘sirida, sizot suvlari yordamida foydali qazilmalar tarkibidagi
zararli moddalarning oqar suvlarga qo‗shilishi va hokazolar;
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
204
2)
Sun‘iy omil –
sanoat, qishloq va komunal xo‗jalikdan chiqayotgan oqova
suvlar, aniqroq qilib aytganda, Insonning xo‗jalik faoliyati ta‘sirida suvning
ifloslanishi.
Ma‘lumki, mana shu (sun‘iy) omil, so‗ngi yillarda nafaqat suv balki,
barcha tabiat komponentlariga o‗zining salbiy ta‘sirini ko‗rsatmoqda.
Sanoat va qishloq xo‗jaligining rivojlanishi bilan bog‘liq holda,
turli
kimyoviy vositalarning qo‗llanilishi natijasida suvlar ham yaroqsiz holga keldi.
Natijada suv va suvdan foydalanishni ham davlat tomonidan nazorat qilish nafaqat
zarur, balki shart bo‗lib qolmoqda.
Bu esa ichimlik suvlarining ifloslanishi
manbalarini aniqlash, ularni zararsizlantirishning samarador usullarini ishlab
chiqishga alohida e‘tibor qaratish zarurligini anglatadi va u hozirgi kunning
dolzarb muammolaridan biridir.
O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‗mitasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O‗zbekistondagi vakolatxonasi
bilan
birgalikda, ―Ekohaftalik
–
2017‖ tadbiri doirasida ―Tabiiy resurslarni
barqaror boshqarish – atrof -muhitni muhofaza qilishning muhim omili‖ mavzusida
tashkil qilingan davra suhbatida qatnashgan, O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya
va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi Atmosfera havosini muhofaza
qilish boshqarmasi boshlig‘i, Nadejda Dotsenkoning aytishicha – hozirgi kunda,
Yer sayyorasini qoplagan suvning 97.5 % ini sho‗r, 2.5 % ini chuchuk suvni
tashkil qiladi. Yer yuzi aholisining 2.8 milliardi ya‘ni, 40 % i suv tanqis bo‗lgan
hududlarda yashaydi ... .
45
Aholining dunyo miqyosida yildan-yil
ortib borishi yangidan-yangi, ilgari
kuzatilmagan muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ana shunday dolzarb
muammolardan yana biri ichimlik suv masalasidir. Masalaga yuzaki qaraganda
sayyoramizda suv behisob cheksiz-chegarasizdek bo‗lib ko‗rinadi.
Suv zaxiralarining, jumladan yer usti va yer osti suvlarining keskin taqchilligi
va ifloslanganligi bitin Dunyo ommasini katta tashvishga solmoqmoqda.. Suv
zaxiralarining kamayib ketishi va havzalardagi suvning sifati tobora yomonlashib
borishiga mintaqamizda 60-yillardan boshlab yangi yerlarning keng ko‗lamda
o‗zlashtirilishi, sanoat, chorvachilik majmualarining rivojlantirilishi,
kollektor
zovur tizimlari qurilishi hamda urbanizatsiyaning kuchayishi o‗zining salbiy
ta‘sirini ko‗rsatdi.
Suvda har xil zararli moddalar to‗planib suvning fizik xossalari va kimyoviy
tarkibi o‗zgarmoqda. Organik va mineral qo‗shilmalar miqdori ortib, zaharli
birikmalar paydo bo‗lmoqda. Tabiiy-ki bunda, suv tarkibida kislorod kamayadi.
Bakteriyaning turlari va miqdori o‗zgaradi va yuqumli kasalliklar tarqatuvchi
bakteriyalar paydo bo‗ladi.
Rivojlangan davlatlarning sanoatida ishlatiladigan
toza suvlar kommunal
maishiy xo‗jaliklarga sarflanadigan suvlardan bir necha barobar ko‗pdir.
45
A.Sherov, V.Rzaeyeva
.
Oʹzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
davlat qoʹmitasi Axborot xizmati. Tabiiy resurslarni oqilona boshqarish – atrof-muhit
muhofazasining ustivor yoʹnalishlishi. Ekologiya xabarnomasi. № 6/2017/iyun.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
205
Chiqindi suvlar insonni ichimlik suv bilan ta‘minlashda yaroqsiz hisoblanadi.
Chunki zaharli moddalar bilan to‗yingan suv inson salomatligiga salbiy ta‘sir etadi.
Turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Keyingi vaqtda shifokorlar
poliomielit, sariq va sil kasalliklar mikroblarining suv orqali tarqalishini
aniqladilar.
Kimyo sanoatida sintetik yo‗l bilan ishlab chiqariladigan bo‗yoq, portlovchi
modda va turli xil dori – darmon kauchuk sun‘iy tola va boshqalar toza suvni ko‗p
miqdorda talab qiladi. Oqibatda bunday ishlab chiqarish manbalaridan chiqqan
iflos suvlar tarkibida tabiatda uchramaydigan zararli moddalr ham uchraydi.
Suv shaxtalarda ko‗mir olishda ham ishlatiladi. Ko‗mir qatlamlari oralig‘idagi
tog‘ jinslarining tarkibiga qarab suv turli moddalarga to‗yinadi. Ba‘zan
shaxtalar
gurunt suvidan to‗lib qoladi. Natijada ish jarayoniga katta zarar etkazadi. Bunday
hollarda shaxtalardagi iflos suvlar kuchli nasoslar yordamida turli suv havzalariga
chiqarib tashlanadi.
Qora va rangli metallurgiya, kimyo, qog‘oz, neftni qayta ishlash, tog‘-kon
sanoati chiqindilari va qishloq xo‗jaligi sababli yer yuzasidagi suvlar
ifloslanmoqda.
Neft sanoati tarmoqlaridan neftni olish tashish va uni qayta ishlash va suv
havzalarining ifloslanishida asosiy sababchilaridan biridir. Suv ostidan neftni
olishda achinarli hodisalar ro‗y bermoqda. Masalan,
Santo Barbaradagi
birinchi
neft qudug‘i 10 sutkada 900 tonna neft yo‗qotgan. Bir qancha neft tankerlari
halokatga uchrab okeanga minglab tonna neftni dengizga oqizgan. Natijada,
dunyo okeani va dengizlar suv yuzasi yupqa neft pardasi bilan qoplangan. Bir litr
neft 200 litr suvni ifloslaydi. Yoki bir tomchi neft 1- 1,5 m
3
suv yuzasini yupqa
pardasi bilan qoplaydi. Natijada baliqlar va boshqa dengiz hayvonlari, suv qushlari
hayotini xavfga soladi.
Sanoat ob‘ektlari atroflariga chiqarib tashlangan issiq oqava suvlar mazkur
joydagi fauna va flora hayotiga zararli ta‘sir qiladi.
Issiqlik va atom elektr stantsiyalarining sovitish uchun ishlatiladigan iliq
suvlardan foydalansa bo‗ladi. Masalan Angliyada Xatterson atom elektr
stantsiyasidan chiqqan iliq suv ulkan suv havzasiga oqizib qo‗yilgan
va u yerda
turli xil baliqlar boqilgan bu baliqlar o‗zini yaxshi his qilib ochiq dengizga
qaraganda ikki baravar tez etilgan.
Dostları ilə paylaş: