orqali aniqlanadi. XII.2. Oqova suvlarning turli xususiyatilariga ko‗ra sinflanishi. Iflos
suvlarning bir necha sinflanishi mavjuddir. iflos suvlarning effektiv tozalash
sxemasini tanlab olish uchun eng qulay bo‗lgan sinflanish – bu: L.A.Kulskiyning
sinflanishidir.
Ushbu sinflanishga binoan suvlar 4 guruhlarga bo‗linadi : 1-guruh - suvda erimaydigan yirik dispersli zarrachalar bilan ifloslangan suvlar, zarrachalar kattaligi 10 - 3 -10 -7 m; 2-guruh - suvda erimaydigan mayda dispersli va kolloid zarrachalar bilan ifloslangan suvlar, zarrachalar kattaligi 10 -7 - 10 -9 m; 3-guruh - suvda erigan organik moddalar bilan ifloslangan suvlar; 4-guruh- suvda erigan anorganik moddalar bilan ifloslangan suvlar (kislota, ishqor, tuzlar). _________________________________________________________________
O‗z bilimini tekshirish uchun savollar. 1. Qanday suvlar ―Oqova suvlar‖ –deyiladi? 2. Oqova suvlar paydo bo‗lishi, turi va aralashmalarining holatiga qarab, qanday toifalarga bo‗linadi? 3. Maishiy oqova suvlariga qanday suvlar kiradi? 4. Ishlab chiqarishda hosil bo‗lgan oqova suvlarga qanday suvlar kiradi? 5. Oqova suvlar, tirik organizmlarning hayot faoliyatigaqanday ta‘sir ko‗rsatadi? 6.