Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
Tuproqda
 
ifloslovchi moddaning Ruxsat etilgan kontsentratsiyasi (REK)
.
Ruxsat etilgan kontsentratsiya (REK) – tuproqni ifloslovchi moddaning tabiiy 
muhitga va inson sog‘ligiga bevosita va bilvosita salbiy ta‘sir ko‗rsatmaydigan eng 
yuqori kontsentratsiyasidir. 
Kimyoviy birikmaning tuproqdagi taxminiy ruxsat etilgan kontsentratsiyasi –
TRK hisoblash yo‗li bilan belgilanadigan vaqtinchalik normativ bo‗lib, amal qilish 
muddati 3 yilga teng. 
REK va TRK tuproqning haydaladigan qatlamlari uchun belgilanadi va I kg 
tuproqqa nisbatan mg. larda ifodalanadi (mg/kg). 
XIV.2. Tuproq eroziyasi va unig turlari xamda unga qarshi kurash 
yo‗llari. 
Tuproqning shamol ta‘sirida eroziyaga uchrashishi ba‘zan deflyatsiya -
deb ham ataladi. ―Deflyatsiya‖ yunon tilidan olingan bo‗lib, ―deflo‖ – puflayman 
demakdir.
52
Ekoprofilaktika. Somon yoqishning oqibati. Ekologiya xabarnomasi. № 6/2017/ iyun.


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
227 
XI.2.1-rasm. Tuproq eroziyasi va jarning hosil bo‗lishi.
Deflyatsiya
– yer yuzasidagi tuproq va jinslar (quruq va kichik 
zarrachalar)ning shamol ta‘sirida yemirilib, uchirilib boshqa joylarga ko‗chishidir. 
Shamol ta‘sirida tuproqning chirindili ustki unumdor qismi, ba‘zan esa 
haydalgan qismi butunlay uchirib ketiladi. Natijada tuproq tarkibida o‗simlikning 
o‗sishi uchun zarur elimentlar kamayib, tuproq unumdorligi keskin pasayadi va 
ekin uchun yaroqsiz bo‗lib qoladi. Ba‘zan esa shamol ta‘sirida tuproqning ustki 
qismi uchrilib, ekilgan nihollarning ildizi ochilib qoladi. 
Tuproqning shamol ta‘sirida eroziyaga uchrashishi joyning tabiiy geografik 
xususiyatiga bog‘liq bo‗lib, quruq iqlimli, tarkibida nam kam, qumoq va 
zarrachalarining diametri 1 mm dan kichik bo‗lgan tuproqlarda vujudga keladi. 
Shuning uchun tuproqning shamol ta‘sirida eroziyaga uchrashishi Yer sharining 
quruq iqlimli mintaqalarida, xususan Markaziy Osiyo mintaqasining tekistlik 
qismida ko‗proq vujudga keladi. Ushbu hodisa yilning barcha fasllarida sodir 
bo‗lishi mumkin. Ammo bahor faslida yerning ustki qismi yumshoq bo‗lib, 
ekinlarning ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmagan paytida, ayniqsa shamol tezligi 
15-20 m/sek. bo‗lganda o‗simliklar ko‗proq nobud bo‗ladi. 
Ma‘lum hududda kuchli shamollar esib tursa, tuproq tarkibida chirindilarning 
miqdori kam bo‗lsa, yerlar yoppasiga haydalsa, yaylovlardan rejasiz va samarasiz 
foydalanilsa, chorva mollarini surunkasiga bir joyda boqish hollari tuproqning 
shamol ta‘sirida eroziyaga uchrashining asosiy sabablari hisoblanadi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin