Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

(Surilma eroziya
)
 tuproq eroziyaga uchrashishi mumkin

Sel – kuchli jala natijasida vujudga kelgan oqim bo‗lib, u tuproqni yuvishdan 
tashqari, o‗z yo‗lida uchragan barcha narsalar (toshlar, daraxtlar, qum, loy va 
boshqalar)ni uzoq yerlarga olib ketadi va nihoyatda ko‗p yerlarni ishdan chiqaradi. 
Ma‘lumotlarga qaraganda, Markaziy Osiyoda 1872-1967 yillar davomida 
2917 marotaba, O‗zbekistonda esa, 1969 marotaba sel bo‗lgan. Ular xalq 
xo‗jaligiga katta iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik zarar etkazgan. Masalan, 1921 
yilda hozirgi Almati shahri yaqinida kuchli sel bo‗lib, suv oqimining qalinligi ikki 
qavatli binoga teng, tezligi 5 m/s bo‗lgan va 4 soat davomida shaharga 1800 ming 
m
3
loyqa, tosh-shag‘allarni keltirgan. Natijada fojiali hodisalar yuz bergan, 1963 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
230 
yil 7 iyulda Talgar vodiysida bo‗lib o‗tgan sel natijasida Almati shahridan 60 km 
uzoqlikda joylashgan Esik ko‗li yo‗q bo‗lib ketgan. 
Tuproq eroziyasining yana bir turi
 
(Qulash) – irrigatsiya eroziyasidir
. Bu 
dehqonchilik qilinadigan nishab yerlarni noto‗g‘ri sug‘orishidan ko‗proq sodir 
bo‗ladi, bunda kichik jarliklar vujudga kelib, tuproq suv ta‘sirida yuviladi. 
Masalan, Toshkent viloyatining ba‘zi-bir xo‗jaliklarida irrigatsiya eroziyasi tufayli 
har bir gektar yerdan o‗rtacha 100 t. tuproq yuvilib ketmoqda. Buning oqibatida yil 
davomida har gektar yerdan 100 kg. azot va 115kg. fosfor yuvilib ketmoqda. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tuproqning eroziyadan saqlab qolish 
uchun bir qator chora-tadbirlar mavjud. 
1.
Past-balandliklardan iborat bo‗lgan yerlarda ko‗p yillik ekinlar ekish
bog‘dorchilik va uzumchilik sohalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Qiyaligi 5-10° tashkil etadigan yerlarning yon bag‘irlari (fatsiyalar) ko‗ndalang 
haydalsa, yog‘ingarchilik suvlari jo‗yaklar hosil qila olmaydi. Yerning qiyaligi 10-
15° tik bo‗lgan yerlarda ko‗p yillik yem-xashak o‗simliklari ekish yoki pushtalar 
olib, mevali daraxtlar va tokzorlar barpo qilish respublikamiz miqyosida keng 
ko‗lamda amalga oshirilmoqda. 
2. Yo‗llar qurilishi paytida yog‘ingirchilik suvlarini oqib ketishi uchun yo‗l 
bo‗ylab ariqlar qazish va daraxtzorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir.
Suv 
havzalari, to‗g‘onlar, kanallar va suv omborlari qurilishi paytida tuproq olingan 
handaklarni tekislab, daraxtzorlar barpo etish kerak. Masllan, Samarqand viloyati 
Pastdarg‘om tumanida kichik jar va soylarni tekislash hisobiga 200 gektar yangi 
erlar ochib xo‗jalik hisobiga o‗tkazilgan. 
3

Qirg‘oqlarni yuvadigan daryo bo‗ylarida damba va ko‗tarmalar 
o‗rnatish, jarliklarga suv tushmaydigan ariqlar qazish, yumshoq va engil tez 
yuviladigan tuproqli joylarda ariq o‗rniga temir-beton lotoklar o‗rnatish, jarlarda 
va soyliklarda suv oqimini to‗suvchi to‗g‘onlar qurish, selga qarshi kurashish 
uchun quruq hovuzlar (Selhonalar) va suv omborlari barpo etish, zinapoyasimon 
ariqlar qazish katta ekologik ahamiyatga ega.

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin