Toshkent 2020 yil


O‗zbekiston Respublikasi ―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 O‗zbekiston Respublikasi ―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‗mitasi‖: 
-manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qaror 
bilan tasdiqlangan tadbirlar, manzilli dasturlar, investitsiya loyihalari va prognoz 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
233 
parametrlari o‗z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta‘minlash va har 
chorakda Respublika komissiyasiga tegishli axborotni kiritib borishlarini; 
-―Toza hudud‖ DUK ustavlarini tasdiqlanib, shtatlarini malakali 
mutaxassislar bilan to‗ldirib, shuningdek, zarur moddiy-texnika bazasi bilan 
jihozlanishini ta‘minlanishini; 
-O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O‗zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi bilan birgalikda ―Toza hudud‖ DUKning maxsus texnikalari 
uchun yoqilg‗i-moylash fondlari va limitlarini ajratish tartibini ishlab chiqsin va 
tasdiqlashini. 
- maishiy chiqindilarni yig‗ish va olib chiqish xizmati bo‗yicha abonentlari 
bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslarni hisoblangan xatlovdan o‗tkazib, marshrutlar 
jadvallarini ishlab chiqi va tasdiqlandi
-fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda 
chiqindilarni to‗plash va olib chiqib ketish bo‗yicha ko‗rsatilayotgan xizmatlar 
uchun abonentlar bilan shartnomalar tuzish va to‗lovlarning o‗z vaqtida amalga 
oshirilishini ta‘minlash bo‗yicha samarali ishlarni tashkil etildi; 
-tadbirkorlik sub‘ektlarining chiqindilarni yig‗ish, tashish, utilizatsiya qilish
qayta ishlash, ko‗mish va realizatsiya qilish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish 
masalalari ko‗rib chiqildi; 
-ta‘lim muassasalarida, fuqarolar yig‗inlarida chiqindilar bilan bog‗liq ishlarni 
amalga oshirish sohasidagi qonunbuzarliklar profilaktikasiga oid seminarlar, 
anjumanlar, davra suhbatlarini doimiy ravishda o‗tkazib borish yo‗lga qo‗yildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‗zbekiston Respublikasi 
Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirish chog‗ida O‗zbekiston Respublikasi 
―Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi‖ning asoslangan 
hisob-kitoblari bo‗yicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar, manzilli 
dasturlar, investitsiya loyihalari, istiqbol ko‗rsatkichlarini amalga oshirish uchun 
mablag‗lar ajratilishiga e‘tibor berilmoqda. 
―O‗zavtosanoat‖ AK va ―O‗zagrotexsanoatxolding‖ AJ ―Toza hudud‖ DUK 
ehtiyojlari uchun mazkur qarorning 6a-ilovasida nazarda tutilgan maxsus texnika 
(chiqindi tashuvchi va assenizatsiya mashinalar va traktorlar) ishlab chiqarilishi va 
yetkazib berilishini o‗rnatilgan tartibda ta‘minlab kelmoqda. 
―Qurilishmashlizing‖ ixtisoslashgan respublika ―lizing kompaniyasi‖ AJga 
mazkur qarorning 6a-ilovasida nazarda tutilgan maxsus texnika, mexanizm va 
uskunalarni ixtisoslashgan sanitariya tozalash tashkilotlarining maxsus texnika va 
uskunalar parkini yangilash uchun lizing asosida yetkazib berish yuklatildi. 
Tijorat banklariga respublika shaharlaridagi ixtisoslashgan sanitariya tozalash 
tashkilotlarining ushbu qarorning 6, 8 va 10-ilovalarida nazarda tutilgan qattiq 
maishiy chiqindilar poligonlarini barpo etish va maxsus texnika hamda uskunalar 
bilan qo‗shimcha jihozlash uchun imtiyozli kreditlar berish amalga oshirilmoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va ―O‗zbekneftgaz‖ milliy 
xolding kompaniyasi O‗zbekiston Respublikasi ―Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish davlat qo‗mitasi‖ning hisob-kitoblari asosida maishiy 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
234 
chiqindilarning uzluksiz olib chiqilishini ta‘minlash maqsadida har yili maxsus 
texnika uchun zarur dizel yoqilg‗isi limiti ajratilmoqda. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin