Eng kam xarajat sarflab yuqori daromadga erishish
‖
tamoyiliga asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish, pirovard natijada ekologik
inqirozga olib keldi. Uning salbiy oqibatlari havo va suvning ifloslanishi,
tuproqlarning qashshoqlanishi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatida,
daromadlarning pasayishida, insonlar salomatligining yomonlashuvi, mehnat
unumdorligining pasayishi, hosildorlikning kamayishi orqali jamiyatda iqtisodiy
tanglikni sodir eta boshladi. Aniqlanishicha, tuproq unumdorligining bir foizga
kamayishi natijasida hosildorlikning o‗rnini to‗ldirish uchun 10% sarf-xarajat
qilish zarur ekan. Ma‘lum bo‗lishicha, tabiiy o‗rmonni kesish tufayli o‗rnida
vujudga kelgan ikkilamchi o‗rmonning mahsuldorligi birlamchi o‗rmonga mos
kelmaydi, mutaxassislarga bu oldindan ma‘lum bo‗lgan. Atlantika okeanida
baliqlarning xo‗jasizlarcha ovlanishi tufayli bir necha baliq turlari yo‗q qilindi,
natijada baliq ovlash rejalari bajarilmay - sifatsiz baliq mahsulotlari bozorda sotilmay
qoldi. Buning uchun baliq turlari, zotlarining populyatsiyasini o‗rganilishi zarur
bo‗ldi. Evropa va Amerikadagi bir necha mamlakatlar hamda baliqchilik bilan
shug‘ullanadigan kompaniyalar bunday tadqiqotlar uchun katta mablag‘
ajratmoqdalar.
Korroziya natijasida metallarning
1
/
5
qismi va neft qazib olish va qayta ishlasda
foydalaniladigan jihozlarining 77% yo‗qotilishi biokorroziya bilan bog‘liq ekanligi,
ular mikroblar faoliyati bilan tushuntiriladi. Rossiyada xar yili o‗rmonlarning - 20
mln. m
3
qismi zamburug‘ kasaliga duchor bo‗ladi va xasharotlarning ommaviy
ko‗payishi sababli, ular qurib qolmoqda. Bunday misollarni ko‗plab keltirish
mumkin. Xar yili dunyo bo‗yicha qishloq xo‗jalik ekinlarining yuqumli
kasalliklarga chalinishi va zararli xasharotlar ta‘sirini kamaytirish maqsadida 2,5 trln.
dollarlik mablag‘lar sarflanadi, bu jahonning jami byudjetini 10% ini tashkil
qilishini aytib o‗tishning o‗zi ekologiyaning iqtisodiyotga qanchalik salbiy ta‘sir
etishini tushunishga imkon beradi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‗ra, XX
asrning ikkinchi yarmida insonning xo‗jalik faoliyati ta‘sirida tabiiy muhitga
etkazilgan zarar va u orqali aholi salomatligiga etkazilgan zarar, jahonning yillik
byudjetidan ziyod bo‗lgan. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, yer qaridan olingan
tayyor mahsulotning bir birligiga bir necha, ba‘zan 10 va undan ko‗p birlikda
chiqindilar vujudga keladi. Bunday chiqindilar odatda, iqstisodiyot uchun bahoga
ega emas. Chunki, ulardan xo‗jalikda foydalanilmaydi, boz ustiga chiqindilar atrof-
muhitni ifloslaydi, yaylovlar maydonini egallab turadi, inson hayotini xavf ostida
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
54
qoldiradi. Qanchalik ko‗p yalpi milliy mahsulot ishlab chiqilsa, shunchalik
chiqindilarning umumiy hajmi ko‗p bo‗lishi barchamizga ma‘lum. Lekin, Davlat
ushbu chiqindilarning atrof – muhitni ifloslashi tufayli aholi salomatligini
yomonlashuvining oldini oladi va ularning
sog‘ligini
tiklash maqsadida qayg‘uradi va
buning uchun ma‘lum mablag‘ ajratadi. Bu sarf-xarajatlar yalpi milliy mahsulot
hisobidan amalga oshiriladi. Biroq, atrof muhit ifloslanishining qiymati hisob-
kitob qilinmaydi. Yangi qurilib ishga tushirilgan korxona uning raxbariga yiliga
ma‘lum daromad keltiradi, lekin korxona atrof-muhitga turli chiqindilarni chiqarib
havo, suv tuproqni bulg‘aydi, qishloq xo‗jalik ekinlari hamda yaylovlarga ziyon
etkazadi, aholi sog‘ligi yomonlashadi. Korxonaning to‗lagan arzimagan solig‘i
e‘tiborga olinmasa, uning etkazgan zarari etarli darajada ko‗p, uning bir yillik
qiymati hisoblansa yillik daromadga etib qoladi, ba‘zi hollarda undan xam ziyod
bo‗lishi mumkin. Gap shundaki, korxonaning atrof- muhitga etkazgan ziyoni ob‘ektiv
hisob-kitob qilinmaydi. Shuning uchun ham joylarda ekologik vaziyat
murakkablashib bormoqda.
Iqtisodiyotning ekologiyaga ta‘siri ma‘lum, lekin ekologiyaning iqtisodiyotga
ta‘siri ancha murakkab kechadi. Bu ko‗pincha tabiatning jamiyatga aks ta‘siri
bilan tushuntiriladi. Hududlarning tabiiy resurslari xo‗jasizlarcha foydalanganda
qashshoqlashadi, degradatsiyalashuv kuchayadi, boyliklarning miqdor o‗zgarishlari
–sifat o‗zgarishlariga olib keladi. Bu ekologik va iqtisodiy o‗zgarishlar hududning
iqtisodiy potentsialini kambag‘allashtiradi, eng muhimi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol
og‘irlashadi, resurslar mahsuldorligining keskin pasayib ketishi sug‘orma
dehqonchilik va yaylov chorvachiligining izdan chiqishiga sabab bo‗ladi, sanoat
korxonalarining sifatli xom ashyolar bilan ta‘minlanishi buziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Orol dengizi sathining 1961 yildan boshlab
tushib borishi, Amudaryo havzasida suv tanqisligining jiddiylashuvi va sifatining
yomonlashuvi, delьta to‗qayzorlarini suv bilan muntazam ta‘minlashning izdan
chiqishi, tuproqda ko‗plab tuzlar to‗planishi va boshqa nomaqul hodisalar ushbu
hududda antropogen cho‗llashishining rivojlanishiga sabab bo‗lmoqda. Cho‗llashish
odatda cho‗l sharoitida biologik mahsuldorlikning keskin kamayib ketishi bilan bog‘liq.
Xaqiqatdan xam hududda, yaylov, sug‘orma yerlar, suv havzalarining me‘yordagi
biologik mahsuldorligi 60-yillardan boshlab keskin tanazzulga uchramoqda. Bu o‗z
navbatida iqtisodiy samaradorlikning eng quyi ko‗rsatkichlargacha tushib ketishiga olib
kelmoqda. Boz ustiga Orol dengizining qurigan qismidan shamol ta‘sirida tuz
kukunlarining beto‗xtov yog‘ilib turishi (xar gektar maydonga 100-1000 kg),
Amudaryo suvi orqali tuzlarning dalalarga yotqizilishi (xar gektar maydonga 9-24 t
gacha), suv tanqisligi, aholining ichimlik suvi bilan ta‘minlash darajasining kamligi,
turli kasalliklarning keng tarqalganligi va boshqalar tabiatning jamiyatdan ―o‗ch‖
olayotganini bildiradi. Chunki, Orol dengizi va Orol bo‗yida ming yillar davomida
barqaror bo‗lgan ekologik muvozanat buzilgan. Buning oqibatida endilikda tabiat
maromi ishdan chiqqanligi tufayli uning resurslari xam degradatsiyaga berildi, avvalgi
qulay ekologik vaziyat, hozirda jiddiy va tang ahvoldagi hududlar (Mo‗ynoq tumani)
da falokatli vaziyatlar bilan almashdi. Bu nohush tabiiy-antropogen hodisa hudud
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
55
iqtisodiy potentsialini ham kambag‘allashtirdi, xar yilgi iqtisodiy zarar hajmi bir necha
yuz million so‗mni tashkil qilmoqda. Buni ekologik holatning yoki tabiatning
jamiyatdan olayotgan ―O‗chi‖ – deb hisoblash lozim.
Bu hududiy nohush hodisani to‗xtatish va avvalgi boy ekologik resurslarni qayta
tiklash hamda qulay hayotiy vaziyatni bunyod etish ancha murakkab masala. Bu
borada amaliy ishlar boshlangan, lekin ularning miqyosi va ko‗lami talabga to‗la javob
bermaydi. Chunki, muammo keng qamrovli, majmuali, yirik hududni qamrab olgan.
Bu esa shunga yarasha tizimli tahlil yondashuvidan foydalanishni taqazo etadi. Bir
necha maxsus bosqichlar davomida ko‗p yillarga (2030 yil) mo‗ljallangan chet-el
sarmoyasi asosida majmuali aniq tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |