Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Birinchidan,
eng ustuvor vazifa, o‗lkada suv muammosi ijobiy hal qilinmog‘i 
zarur, suv bilan ta‘minlashning kafolatlanishi yangi ekologik muvozanatning
tiklanishiga imkon beradi.
Ikkinchidan
, eng 
ustuvor vazifa, sug‘oriladigan mintaqada meliorativ tadbirlar 
negizida tuproqlarning suv-tuz muvozanatida barqaror ravishda manfiy ko‗rsatkichga
erishilsa, iqtisodiy samaradorlik xam ko‗tarilish yo‗nalishiga ega bo‗ladi. Chunki, ekinlar 
hosildorligi orta boradi, yerdan foydalanish koeffitsienti optimal ko‗rsatkichga etadi,
almashlab ekish chizmalarini to‗la tatbiq etish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keladi. 
Binobarin, iqtisodiy potentsial ko‗lami ancha ortadi, xo‗jaliklarning rentabelligi sezila
boshlaydi.
Uchinchidan,
eng ustuvor vazifa, o‗lkaning iqlimi o‗zgarayotgani va suv 
tanqisligini hisobga olgan holda qishloq xo‗jalik ekinlarining shu hududga mos 
keladigan turlarini joylashtirish chizmasi, chorvachilik hamda baliqchilikni tubdan 
rivojlantirish yo‗llarini asoslash eng dolzarb masala hisoblanadi. Bu borada boshqa ishlar 
qatori chuqur iqtisodiy tahlil va hisob-kitob ishlari bajarilishi maqsadga muvofiq. 
Demak, yuqoridagilardan shunday xulosa chidarish mumkinki
:
-
Ekologiya bilan iqtisodiyot o‗rtasida juda ham yaqinlik mavjud bo‗lib, ular 
bir–birlarini taqozo etadilar; 
-
Ekologiya xo‗jalikni yuritish uchun resurslar va qulay tabiiy sharoitlarni 
ta‘minlab beradi; 
-
Iqtisodiyot o‗z navbatida mavjud boyliklar va sharoitlarni e‘tiborga olgan 
holda iqtisodiyotni rivojlantirish yo‗llarini ilmiy asoslangan holda taraqqiy etishini 
ta‘minlashi zarur.
Bu o‗zaro ta‘sirlar doirasida iqtisodiyotga ko‗p narsa bog‘liq, ya‘ni
:
-
Eng muhimi tabiatdan resurslarni me‘yorga va ehtiyojga qarab xalq xo‗jaligi 
muomalasiga kiritish; 
-Isrofgarchiliklarga chek qo‗yish; 
- Atrof -muhitni chiqindilar bilan bulg‘amaslik; 
- Resurslardan foydalanganlik uchun xaq to‗lash tartibini joriy etish va 
unga amal qilishni ta‘minlash
maqsadga muvofiddir.
Resurslardan qanchalik odilona foydalanilsa, atrof-muhitning shunchalik toza 
va ozoda bo‗lishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bundan idtisodiyot va aholi 
salomatligi katta foyda ko‗radi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
56 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin