Toshkent 2020 yil


XI.2. O‗zbekiston Respublikasida umumiy suv resurslari



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

XI.2. O‗zbekiston Respublikasida umumiy suv resurslari. 
O‗zingizga 
ma‘lumki, respublikamizning asosiy suv manbalari

Amudaryo, Sirdaryo, 
Zarafshon, Qashqadaryo, Surxandaryo, Oxangaron va Chirchiq
daryolari 
hisoblanadi.
Respublikamizda hammasi bo‗lib 10-12 mlrd. m

oqar suv mavjud bo‗lib, 
qolgan 85-90 mlrd. m
3
suv qo‗shni mamlakatlar (xususan, Tojikiston va 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
200 
Qirgiziston) dan oqib keladi.
Amudaryo
suv yig‘ish maydoni va yillik suv hajmi jihatidan boshqa 
daryolardan yuqori turadi. Amudaryoning uzunligi 1900 km, faqatgina tog‘larda 
suv yig‘ish maydoni 2770 km
2
. Amudaryoning qariyb 83% suvlari Tojikiston 
hududida, faqatgina 6% suvi O‗zbekiston hududida shakllanadi. 
Sirdaryo
ning uzunligi 2140 km bo‗lib, suv yig‘ish maydoni 150 ming. km
2
va yillik suv hajmi 37,1 km
3
ni tashkil etadi. Sirdaryoning qariyb 80% suvlari
Qirgiziston hududida, faqatgina 13% suvi respublikamiz hududida shakllanadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, Orol dengizi havzasining suv resurslarining 
shakllanishiga Tojikiston Respublikasi alohida o‗rin tutadi. 
Tojikiston hududida daryo suvlarining hajmi 52,7 km
3
ni tashkil etadi yoki 
Orol dengizi havzasiga quyiladigan suvlarning qariyb 44% tashkil etadi. 
Bir kishi o‗rtacha bir sutkada shaxsiy gigiena va maishiy kommunal 
zaruriyatlari uchun 150-450 litr suv ishlatadi. Ammo bu ko‗rsatkich xizmat turiga 
va yaratilgan shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Agar suv quvurlari va kanalizatsiya 
quvurlari mavjud bo‗lmasa, unda 30-50 litr suv sarflanadi. Agar suv quvurlari va 
kanalizatsiya quvurlari mavjud bo‗lsa, 180-230 litr suv sarflanadi. Markaziy isitish 
tizimida esa, bir kishi uchun sutkasida 275- 400 litr suv sarflaydi.
Rivojlangan mamlakatlarda bir kishi uchun bir sutkada o‗rtacha 500-600 litr 
suv sarflanadi. Ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu ko‗rsatkich 2-3 
marotaba kichik bo‗lib, 200-250 litr suv sarflanadi. 
Maishiy xo‗jalik ehtiyojlari uchun bir kishiga bir sutkada shaharlarda 150 litr 
suv (bir yilda 55m

suv), qishloq joylarida esa, 50 litr suv (bir yilda 18-20m

suv) 
sarflanadi. 
Hozirga paytda, Dunyo bo‗yicha, 200 mln. gektar yerlarni sug‘orish uchun 
yiliga yer osti manbalaridan va daryolardan 2800 km
3
suv olinmoqda. Bu esa daryo 
suvlarini 7 % ni tashkil etadi. Sug‘orish uchun olingan suvning 80 % yoki 2300 
km
3
suv ishlatilsa, uning 20 % yoki, 470-480 km
3
suv daryo va ko‗llarga oqava 
suv sifatida chiqarilib yuboriladi. 
Bir tonna don yetishtirish uchun 3000 m
3
suv, bir tonna sholi yetishtirish 
uchun 7 ming m
3
, bir tonna makkajo‗xori yetishtirish uchun esa, 1500 m
3
suv
sarflanadi. 1 kg o‗simlik massasi hosil bo‗lishi uchun o‗simlik turiga qarab 150 m
3
dan 1000 m

gacha suv sarf bo‗ladi. 1 gektar go‗zani sug‘orish uchun 12000-
20000 m
3
suv sarflanadi. 
Respublikamizning yillik suv sarfi 62-65 km

bo‗lib, shuning 25 km
3
Amudaryodan, 11 km
3
Sirdaryodan, qolgan qismi daryochalardan va yer osti suv 
manbalaridan olinadi. Olinadigan umumiy suv miqdoridan 85 % yoki 53-55 km

ni qishloq xo‗jaligi tarmoqlari ehtiyojlarini qondirish uchun, 12-16 km

suv sanoat 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
201 
tarmoqlariga va atigi 3 % yoki 1,7 km
3
suv kommunal xo‗jaligi korxonalarning 
ehtiyojini qondirish uchun sarflanadi. 
Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun olinadigan yillik suv 
miqdoridan (62-65km

suvdan) 23-25 km

suv zovurlar orqali ochiq suv 
havzalariga qaytariladi. Shundan 5 km

suv Amudaryoga, 10 km

dan ziyodroq 
Sirdaryoga, qolgan 8-10 km
3
suv kichik daryolar va ko‗llarga oqizilmoqda. 
Respublikamiz hududidan oqib o‗tadigan suvlar 4,8 mln. gektar yerlarni 
o‗zlashtirib, ularni sug‘orish uchun kifoyadir. Ammo hozirgi paytda 4,4 mln 
gektar yerlar o‗zlashtirilgan bo‗lib, suvdan foydalanish koeffitsienti 95-98 % ni 
tashkil etmoqda. Shuning uchun respublikamizda ichimlik suviga va sugorishga 
yaroqli bo‗lgan suvlarga ehtiyoj nihoyatda oshib bormoqda. Suv tanqisligi, 
chiqindi suvlarni tozalash va ulardan qayta foydalanish muammolari vujudga 
kelmoqda.
Mutaxassislar Markaziy Osiyo tabiiy sharoitini inobatga olib, ekinlarni 
sug‘orishga o‗rta hisobda bir gektar yerga salkam 10 ming m
3
suv sarflanishi 
maqsadga muvofiq ekanligini asoslab berganlar. Amalda esa O‗zbekiston 
iqtisodiyotida 1960-1990 yillar mobaynida sug‘oriladigan har bir gektar ekin 
maydoniga 17,2 ming m
3
suv sarflangan, ya‘ni 7,2 ming m
3
suv ortiqcha suv 
sarflanib kelingan. 
1993 yilda har bir gektar sug‘oriladigan yerga 13,2 ming. m

,1994 yilda 12,6 
ming. m
3
va 1995 yilda 11,2 ming m
3
suv sarflangan. Sh 
uni ham eslatib o‗tish kerakki, yerlarni meliorativ holati barcha viloyatlarimizda 
ham bir xil emas.
Yer osti suv manbalari respublikamizning tabiiy boyligi bo‗lib, undan 
ichimlik suv sifatida, sug‘orish, sanoatda va chorvachilik fermalarida keng 
foydalaniladi. 
Yer osti suvlari asosan yog‘ingarchiliklar va sug‘orish suvlarining tuproq 
orqali filtrlanishi tufayli tabiiy holda paydo bo‗ladi. Hozirgi paytda yiliga 5,5 km
3
suv, yer osti suv manbalaridan olinmoqda. Agar bu ko‗rsatkich 
17,6 km
3
ga 
yetkazilsa

birinchidan
, yer osti suvlarining umumiy zaxirasiga ziyon yetmaydi, 
ikkinchidan
, yer osti suvlari hisobiga Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va 
Xorazm viloyatlari qishloq aholisining ichimlik suvga bo‗lgan ehtiyojlari 
qondirilgan bo‗lar edi. Chunki respublikamizda shahar aholisi 85- 95 %, qishloq 
aholisi esa 10-15% markazlashtirilgan ichimlik suv ta‘minotiga ega, xolos. 
Xozirgi kunda, bir tonna ko‗mir qazib olish uchun 2-4 m
3
suv, 1 tonna neft 
mahsulotlarini qayta ishlashga 30-40 m
3
suv, 1 tonna shoyi ishlab chiqarishga 400 
m
3
, 1 tonna mis, karton va qog‘oz ishlab chiqarishga 500 m
3
suv, 1 tonna azotli 
o‗g‘itlar ishlab chiqarishga 600 m
3
suv, 1 tonna ip-gazlamaga 1000-1500 m
3
suv, 
1 tonna sintetik tola olish uchun 3500 m
3
1 tonna sintetik tola olish uchun esa 
2500-5000m
3
suv sarflanadi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin