Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

P=P kir–P chiq
 
(8)
 
Tozalash qurilmasining solishtirma energiya sarfi. 
Ushbu ko‗rsatkich 1000 
m
3
hajmdagi changli havoni tozalashda sarflangan energiya miqdorini ko‗rsatadi 
va u tozalash qurilmasining tejamkorligini ifodalaydi. (m
3
/kVt.soat). 
Tozalangan havo yoki gazning qiymati (narxi). 
Ushbu ko‗rsatkich har 1000 
m
3
tozalangan havo yoki gaz uchun sarflangan mablag‘ni ifodalaydi (m
3
/so‗m). 
Chang cho‗ktirish kameralari. 
Ma‘lumki atmosfera havosiga chiqariladigan 
2
*
2
p
V
K
P



Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
194 
barcha chiqindilar havo tarkibini buzib ko‗pgina kasalliklarni kelib chiqishiga 
sabab bo‗ladi. Shuning uchun atrof-muhit musaffoligini saqlash katta iqtisodiy-
ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega. 
Atmosfera havosini zaharli gazlardan tozalash asosan 2 usulda amalga 
oshiriladi: 
1.
 
Atmosfera havosini quruq usulda tozalash. 
2.
 
Atmosfera havosini ho‗l usulda tozalash. 
Atmosfera havosiga chiqariladigan quruq chang zarrachalarning 
o‗lchamlariga qarab, havo changdan quyidagi tozalash qurilmalari yordamida 
tozalanadi. 
1.
 
Chang cho‗ktirish kameralari. 
2.
 
Tsiklonlar. 
3.
 
Skrubberlar. 
4.
 
Filtrlar. 
5.
 
Elektr filtrlar. 
6.
 
Absorberlar. 
Ushbu tozalash qurilmalarining ishlash printsiplari va texnik-iqtisodiy 
ko‗rsatkichlari bilan tanishib chiqamiz. Ularning orasida chang cho‗ktirish 
kameralari alohida o‗rin egallaydi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
195 
 
 
Og‘irlik kuchi ta‘sirida changli havoni chang zarrachalaridan tozalash uchun 
davriy yoki yarim uzluksiz ishlaydigan tozalash qurilmasi chang cho‗ktirish 
kamerasi 
deyiladi. 
Ularning 
turli 
ko‗rinishlari 
X.2.1-2-3-4-5-rasmlarda 
ko‗rsatilgan. 
Changli havo oqimi kameralarda ma‘lum tezlik bilan harakat qilib, chang 
zarrachalari o‗z og‘irlik kuchlari ta‘sirida chang yihgich kameralaridan biriga 
tushadi, tozalangan havo esa qurilmadan chiqib ketadi. 
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, chang cho‗ktirish kameralari changli havo 
tarkibidan o‗lchamlari 100 mkm dan yuqori bo‗lgan qattiq chang zarrachalarini 
ushlab qolishga mo‗ljallangan va ular birinchi bosqichda havoni tozalash uchun 
ishlatiladi. Tozalash kamerasida changln havo oqimining tezligi 1 m/s bo‗lganda, 
changli havoni tozalash darajasi 60-80% ni tashkil etishi mumkin. Changli havo 
oqimining tezligi 3 m/s ga egganda tozalash darajasi 40-50% dan oshmaydi, 
chunki tezlik oshganda chang yig‘gich kamerasidagi cho‗kkan chang zarrachalari 
yana harakatga kelib, tozalangan havo bilan aralashadi va ikkilamchi ifloslanishni 
vujudga keltiradi. Shuning uchun changli havo oqiminint tezligi 3 m/s dan 
oshmasligi kerak. 
Changli havo oqimini sekin harakatini ta‘minlash uchun chang cho‗ktirish 
kameralarning hajmi ancha kattaroq qilib yasaladi. Shuning uchun bunday 
qurilmalar oddiy tuzilishga ega bo‗lsalarda, ammo katta joyni egallaydilar. 
Ishlab chiqarish korxonalarida ko‗p polkali chang cho‗ktirish kameralardan 
foydalaniladi (X.2.3-rasm). Kamera gorizontal polkalar bilan bir necha polkalarga 
bo‗lingan. Kamerada changli havo oqimi sekin harakat qiladi va chang zarrachalari 
polkalarga urilib, o‗z og‘irlik kuchlari ta‘sirida cho‗kadi. Ushbu kameralarda 
chang zarrachalarining cho‗kish vaqti ancha kamayadi. Kameradan changlarni 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
196 
chiqarish uchun polkalar ma‘lum burchak ostida qiya qilib o‗rnatiladi va ular 
maxsus silkituvchi qurilmaga ulanadi. Silkituvchi qurilmaning asosiy vazifasi 
polkalarni silkitib, ularning sirtida cho‗kkan chang zarrachalarni tushirishdan 
iborat. 
To‗siqli chang cho‗ktirish kameralarida (X.2.4-rasm) changli havo oqimi 
to‗siqlarga urilib, chang zarrachalari o‗z og‘irlik kuchlari va inertsiya kuchlari 
ta‘sirida chang yig‘gich kamerasiga kelib tushadi. Ushbu tozalash qurilmasi ham 
dag‘al tozalash qurilmalari guruhiga mansub bo‗lib, ularda havoni tozalash darajasi 
50-60 % ni tashkil etadi. 
Chang cho‗ktirish kameralarining ishlash samaradorligini oshirish (havoni 
tozalash darajasini oshirish) maqsadida, ularning ichida vertikal to‗siqlar 
o‗rnatiladi.
Chang zarrachalari to‗siqlarga inertsiya kuchlari bilan urilib, og‘irlik 
kuchlari ta‘sirida chang yig‘gich kameralardan biriga kelib tushadi. Agar bunday 
to‗siqlar xalqa yoki sim parda shaklida o‗rnatilgan bo‗lsa, (X.2.5-rasm), unda 
changli havo oqimi ularga urilib filtrlanish jarayoni ruy beradi. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, chang cho‗ktirish kameralarning 
aerodinamik qarshiligi 100 Pa ni tashkil etadi. Ammo ularda changli havo 
oqimining tezligi 0,6-0,8 m/s dan oshmasligi kerak. Aks holda chang cho‗ktirish 
kamerada yig‘ilgan chang zarrachalari toza havo bilan aralashib tozalash 
qurilmasidan chiqib ketadi. 
Yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan chang cho‗ktirish kameralari changli havoni 
chang zarrachalaridan tozalashning quruq usuliga mansub bo‗lib, ular paxta 
tozalash zavodlarida, to‗qimachilik va ip-yigiruv fabrikalarda (havoni, qum, barg, 
kalta tolalardan tozalashda), yog‘ochni qayta ishlash korxonalarida (havoni 
yog‘och kipiklaridan tozalashda), tsement, ohak, marmar, granit va boshqa qurilish 
materiallar ishlab chiqarish korxonalarida (ularning changlaridan havoni 
tozalashda) keng ishlatiladi. Ushbu qurilmalar dag‘al tozalash qurilmalar guruhiga 
mansub bo‗lib, havoni yirik chang zarrachalaridan tozalashda birinchi bosqichda 
ishlatiladi. 
__________________________________________________________________

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin