Toshkent 2020 yil


Atmosfera havosini elektr maydonlari yordamida tozalash usullari



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Atmosfera havosini elektr maydonlari yordamida tozalash usullari.
Italiyalik olim Bekker 1771-yilda elektr maydonida chang zarrachalarini harakat 
qilayotganini kuzatgan edi. Nemis olimi Xollfald 1824 yilda elektroliz usuli 
yordamida tutun tarkibidan chang zarrachalarini tozalash mumkinligini ko‗rsatdi. 
Oradan yuz yilga yaqin vaqt o‗tib ya‘ni, 1903 yilga kelib akademik Lodes elektr 
filtrni yaratadi. 
Elektr filtri (X.2.1-rasm) yordamidagina, changli havo tarkibidagi eng 
kichik bo‗lgan (o‗lchami 0,005 mkm dan kichik) submikronli zarrachalarni ushlash 
mumkin. Ularda havo aralashmalaridan havoni tozalash darajasi 99,9% ga etishi 
mumkin. Elektr filtrlarning gidravlik qarshiligi 
100-150 Pa atrofida bo‗ladi. Ularning boshqa 
filtrlardan afzalligi shundaki, ular yordamida 
harorati -20° S dan +500° S gacha bo‗lgan 
changli havo yoki gazlarni tozalash mumkin. 
Elektr filtrlari nurlanuvchi (manfiy 
zaryadlangan) 
va 
cho‗ktiruvchi 
(musbat 
zaryadlangan) elektrodlardan iborat bo‗lib, 
yuqori 
kuchlanishli 
(V=35000-70000 
V) 
o‗zgarmas tok bilan ishlaydi
. Elektrodlar 
orasidagi masofa 100–200 mm. atrofida bo‗ladi. 
Elektrodlar tok manbaiga ulaganda ularning 
orasida kuchli elektr maydoni hosil bo‗ladi. 
Changli havo ushbu maydondan o‗tganda ionlanish sodir bo‗ladi, ya‘ni uning 
molekulalari musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalarga ajraladi. Bunda to‗la 
ionlashgan gaz qatlami cho‗g‘lanib, nur va charsillagan ovoz chiqaradi. Manfiy 
zaryadlangan chang zarrachalari nurlanuvchi elektrod (sim)dan musbat 
zaryadlangan cho‗ktirish elektrodi tomon harakat qilib, o‗z yo‗lida qattiq 
zarrachalarga uchraydi va ularni zaryadlaydi. Zaryadlangan zarrachalar cho‗ktirish 
elektrodiga yaqinlashganda o‗z zaryadni elektrodga berib og‘irlik kuchi ta‘sirida 
cho‗kadi. 
Elektr filtrlari elektrodlarning o‗rnatilishiga qarab gorizontal va vertikal 
holatda bo‗ladi.
Xuddi shunga o‗xshagan, havo aralashmasi tarkibidagi 
zarrachalarning holatiga qarab quruq va nam elektr filtrlari ham bo‗ladi. 
Elektr filtrlari, boshqa chang cho‗ktirish usullariga qaraganda bir qator 
afzalliklarga ega. Masalan, tsiklonlarda, yengsimon filtrlarda va skrubberlarda 
og‘irlik kuchi va markazdan qochma kuchlar ta‘sirida o‗ta kichik zarrachalarni 
cho‗ktirish mumkin emas. Elektr filtrlari esa changli havo tarkibidagi o‗ta mayda 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
191 
zarrachalar va tomchilarning kontsentratsiyalari kichik bo‗lganda ularni to‗la 
tozalash qobiliyatiga ega. Elektr filtrlari, changli gazlar tarkibidagi qimmatbaho 
metallarni ajratib olishda, tsement, ohak, chang va ko‗mir changlarini ajratib 
olishda, gaz tarkibidagi kislota tomchilarini ajratib olishda ishlatiladi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin