Toshkent 2020 yil


XII Bob. Oqova suvlar va ularning turlari



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

 
XII Bob. Oqova suvlar va ularning turlari. 
XII.1. Oqova suvlar.
Sanoat korxonalarida, qishloq xo‗jaligida va maishiy 
xizmat korxonalarida hosil bo‗lgan suvlar 

 oqova suvlar deyiladi

Soddaroq qilib aytganda, foydalanib bo‗lingandan keyin chiqarib 
tashlanadigan suvlar – oqova suvlar deyiladi.
Oqova suvlar paydo bo‗lishi, turi va aralashmalarining holatiga qarab, 
quyidagi 3 ta asosiy toifalarga bo‗linadi: Maishiy (xo‗jalik-najas), ishlab 
chiqarish
(XII.1.1-jadval)
 va yomg‘ir (atmosfera) suvlari. 
1.
 
Maishiy oqova (xo‗jalik-najas) suvlarga; oshxona va hojatxona, hammom 
hamda kirxonalar, umumiy ovqatlanish va davolash muassasalari hamda
xonalarni yuvishdan chiqqan iflos suvlar kiradi. Ifloslanish tabiatiga ko‗ra ular, 
asosan, fiziologik chiqindilar bilan ifloslangan najas suvlar va har qanday xo‗jalik 
chiqindilari bilan ifloslangan suvlar bo‗lishi mumkin. 
2.
 
Ishlab chiqarishda hosil bo‗lgan oqova suvlarga; ishlab chiqarishning 
texnologik jarayonida foydalanilgan va ikkilamchi foydalanishga yaroqsiz 
bo‗lgan suvlar kiradi. Bu esa, ishlab chiqarishning turiga, shunindek, qabul 
qilingan texnologik jarayonlarga bog‘liqdir.
3.
 
Yomg‘ir suvlari

atmosfera
 
yog‘inlari tushishi natijasida hosil bo‗ladi. 
Ularga qor va muzliklarni erishidan hosil bo‗ladigan yumshoq suvlar ham kiradi. 
Yomg‘ir suvi oqimining o‗ziga xos xususiyati, uning ahyon-ahyonda bo‗lishi 
hamda, sarf etilishi va sifatining keskin notekisligidir.
Ko‗chalarni yuvishdan qolgan, favora va drenajlarning suvlari sifat 
ko‗rsatkichiga ko‗ra yomg‘ir suvlariga yaqin bo‗lib, ular bilan birga yoq bo‗lib 
ketadi
47

Oqava suvlari va boshqa zararli moddalar bilan birgalikda chuchuk suvlarga 
kelib qo‗shilmoqda. Butun dunyo suv omborlariga kelib quyiluvchi bunday 
turdagi ifloslangan suvning ta‘siri natijasida butun dunyodagi suv zaxirasiga 
jiddiy shikast yetmoqda. Bu esa toza suvning ifloslanishiga olib kelmoqda. Suv 
ob‘ektlaridagi suvning ifloslanishida unga quyuluvchi zararli moddalar aksariyati: 
Neft mahsulotlari chiqindilari, fenollar, oson oksidlanuvchi organik moddalar, 
ammoniy va azot nitratlari hisoblanadi
48
.
Suv muhitida ifioslanuvchi moddalarning mavjudligi tirik organizmlar hayot 
faoliyatiga va butun suv tizimiga o'z ta'sirini o'tkazadi. 
Tabiatdagi suv bir jinsli bo‗lmagan muhit bo'lib, unda turli kattalikdagi 
muallaq zarrachalar va mayda gaz pufakchalari mavjud. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin