Toshkent 2020 yil


II.2.1 – rasm. Yorug‘likning ekologik ta‘siri



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

II.2.1 – rasm. Yorug‘likning ekologik ta‘siri. 
Yorug‘likning ekologik ahamiyatga ega quyidagi ko‗rsatkichlari mavjud: 
1) ta‘sirchanlikning uzoqligi, kunning uzunligi; 2) tezligi energetik 
o‗lchamida; 3) spektral tarkibi. 
Yorug‘lik resurs ham hisoblanadi, u energiya bo‗lib, hayotiy jarayonlarga ta‘sir 
qiladi. 
 
O‗simlik va hayvonlarda quyidagi hayotiy jarayonlar yorug‘lik ishtirokida 
amalga oshadi: 
1

Fotosintez
– bunga tushayotgan yorug‘likning 1-5% miqdori ishlatiladi va 
ozuqa zanjirining energiya manbai hisoblanadi, u xlorofilning sintez qilinishida 
muhim hisoblanadi. 
2.
Transpiratsiya
– bunga tushayotgan yorug‘likning 75% ishlatiladi; 
infraqizil nurlar evaziga amalga oshadi. 
3

Harakat
. Fototropizm, fotonastiya o‗simliklarda kerakli yorug‘lik bilan 
ta‘minlash uchun.
4
.
Hayvonlarda, fototaksis yorug‘lik manbaiga intilish
5.
Fotoperiodizm
–kunning uzun-qisqaligiga o‗simliklarning moslashishi. 
6

Moddalarning sintez qilinishi, pigmentatsiya ta‘siri

Ekologiya va fiziologiyada, yorug‘lik miqdori, undagi o‗simliklarga 
fiziologik ta‘sir ko‗rsatadigan nurlar orqali hisoblanadi. Quyosh nuri spektoridagi 
fotosintetik aktiv radiatsiya (FAR) – fotosintezda ishlatiladigan asosiy nurlardir. 
O‗simliklar tomonidan yil bo‗yi qabul qilinadigan yorug‘lik faqat yorug‘lik 
tezligiga bog‘liq bo‗lmasdan, u kun uzunligiga ham bog‘liq. Kun uzunligi 
ekvatordan qutblarga qarab oshib boradi. O‗simliklar qoplami uchun yil bo‗yi 
qabul qilinadigan radiatsiya summasi emas, o‗simliklar o‗sish mavsumi davridagi 
yorug‘lik miqdori ahamiyatiga ega. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
37 
O‗simliklar faqat bevosita to‗g‘ri tushadigan yorug‘likdangina emas, balki,
tarqoq tushadigan yorug‘likdan ham foydalanadi. To‗g‘ri tushadigan quyosh nuri 
ko‗pincha o‗simliklar uchun xavfli, chunki quyosh nuri kuchining ta‘siri natijasida 
o‗simliklar tsitoplazmasi va xlorofil nobud bo‗ladi. Tarqoq holda tushadigan 
yorug‘lik o‗simliklar tomonidan to‗la o‗zlashtiriladi. U foydaliroq bo‗lib, uning 50 
– 60% fotosintez uchun muhim sariq –qizil nurlardan iboratdir. To‗g‘ri tushadigan 
yorug‘likda bu xil nurlar miqdori 30 – 35% oshmaydi. 
Yorug‘lik sevar o‗simliklar barglari asosan kunning xavfli soatlarida, 
radiatsiyani kam qabul qilishga moslashgan. Barglar gorizontal tekislikka nisbatan 
katta burchak hosil qilib joylashadi. Bunday joylashishni daraxtlardan evkalipt, 
mimoza va boshqalarda ko‗rish mumkin, juda ko‗p o‗tchil o‗simliklarda ham 
bunday holat uchraydi. Masalan yovvoyi latuk o‗simligida hamma barglar 
shimoldan janubga qaratilgan, buning natijasida tush paytidagi kuchli quyosh 
nurlari oz miqdorda qabul qilinadi, bunday o‗simliklar 
kompas
o‗simliklar 
deyiladi. 
O‗simliklar yashaydigan muhitning yorug‘lik bilan ta‘minlanishi bizning 
sayyorada juda turli tumandir. Masalan, baland tog‘,
cho‗l, dashtlardagi 
yorug‘likka eng boy joylardan tortib, juda qorong‘u g‘orlar, suv ostidagi muhitlar. 
Shu sababli o‗simliklarning yorug‘lik muhitiga moslashishi ham turlichadir. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin