Yorug‘lik muhitiga nisbatan munosabatiga qarab o‗simliklar uch guruhga bo‗linadi: 1. Yorug‘sevar o‗simliklar; 2. Soyaga chidamli o‗simliklar; 3. Soyasevar o‗simliklar. Bu guruhlarga kiruvchi o‗simliklar ekologik optimumning joylashishi bilan
o‗zaro farqlanadi. Yorug‘lik sevar o‗simliklarning ekologik optimumi, yorug‘lik
ko‗p bo‗lgan zonada joylashgan bo‗lib, ular kuchli qorong‘ulikka chiday olmaydi.
Bu guruhga tog‘,
cho‗l, adir, dasht, ochiq joylarda o‗suvchi o‗simliklar kiradi.
Bulardan tashqari bu guruhga toshlar ustida yopishib o‗suvchi lishayniklar,
madaniy o‗simliklar ham mansub.
Soya sevar o‗simliklarning ekologik optimumi, yorug‘lik darajasi past joyga
to‗g‘ri keladi. Bu guruh soya va qorong‘u joylarda o‗suvchi o‗simliklar kiradi. Ular
asosan murakkab o‗simliklar jamoasining pastki yarusida uchrovchi o‗simliklar, uy
sharoitida o‗stiriladigan gullar, oranjereyada o‗suvchi o‗simliklardir. O‗rmonda,
pastki yarusda o‗sadigan o‗simliklar ham shu guruhga misol bo‗la oladi.
O‗simliklarning kunning uzun yoki qisqaligiga munosabati
fotoperiodizm deyiladi. Bu 1920-yilda V.Gardner va Aplard tomonidan kashf qilingan. Ularning
kuzatishi bo‗yicha, tamaki o‗simligi issiqhona (teplitsa)da bahorda gullagan lekin
dalada gullamagan. Bunga sabab, kunning uzunligidir. Kunni uzunligi sun‘iy
qisqartirilganda tamaki o‗simligi gullagan.
Kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki o‗simliklar ma‘lum darajada yorug‘lik va
qorong‘ulik fazalarini o‗tgandan keyin, gullash va urug‘ tugishga kirishadi.
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
38
Fotoperiodik reaktsiya turlariga qarab, o‗simliklar quyidagi guruhlarga bo‗linadi: