Toshkent 2020 yil


Hayvonlar harorat omiliga moslashish darajasiga qarab 2 xilga ajratiladi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Hayvonlar harorat omiliga moslashish darajasiga qarab 2 xilga ajratiladi.
1. Poykilotermlar; 
2. Gomoyotermlar

 
Poykilotermlar deb,
 
hayoti, birinchi navbatda, tana harorati tashqi muhit 
haroratiga bog‘liq ravishda o‗zgaruvchi hayvonlarga aytiladi. Misol uchun: ba‘zi 
bir xordalilar va umurtqalilarni olish mumkin. 
Tana haroratini tashqi muhit haroratiga bog‘liq bo‗lmagan holda doimiy 
holatda tutuvchi organizmlar 
gomoyoterm hayvonlar 
deb ataladi. 
Poykiloterm hayvonlar sharoit yashash uchun noqulay bo‗lganda, ular uyquga 
ketadi. Aktiv holatda, ular tana haroratini saqlab turadi, passiv yoki aktiv 
bo‗lmagan holatda esa ularning tana harorati pasayadi. Masalan: yumronqoziq, 
tipratikon, ko‗rshapalak; qushlardan: kolibri va boshqalar. 
Harorat – organizmlar hayotining turli tomonlariga ta‘sir qiluvchi omildir. U 
organizmlar tomonidan qabul qilinayotgan ovqat miqdori, ovqatlanish vaqti, 
organizmlarning hosildorligi – etilish darajasiga ta‘sir etadi shuningdek, tez 
rivojlanishiga yordam beradi yoki halaqit beradi, past haroratda esa albatta, buning 
aksi bo‗ladi. 
Rivojlanish tezligini aniqlashda musbat haroratlar yig‘indisi 
muhim omil 
hisoblanadi, O‗rtacha harorat ma‘lum bo‗lgan holda organizmlarning etilish 
vaqtining ko‗payishini va hayotning uzoqligini aniqlashga imkon beradi. Noqulay 
harorat organizmlarda rivojlanishning to‗xtab qolishiga ya‘ni, 
diopauzaga
olib 
kelishi mumkin. O‗zgarib turuvchi haroratning o‗sishni tezlashtiradi. 
Effektiv haroratni aniqlash qishloq xo‗jalik amaliyotida, zarakunandalar bilan 
kurash olib borilganida, yangi turlarning introduksiyasida katta ahamiyatga ega. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
41 
O‗simliklarda issiqlikdan saqlanishi uchun, quyidagi moslashuvlar mavjud: 
issiqlikni qaytarish uchun anatom-morfologik moslashuv, bu shundan iboratki 
o‗simliklarning tukchalar bilan qoplanishi ularga oqish rang berib, issiqlik taftini 
qaytarish rolini o‗ynaydi. 
Barglarning yaltirashi, ularning vertikal va meridional shaklda joylashishi va 
shu kabi moslashishlarning hammasi, ham issiqlikka, ham suv bug‘latishni 
qisqartirishga qaratilgan kompleks moslashishdir. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin