Тошкент 2021 4-mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i


Jami yilik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish



Yüklə 78,29 Kb.
səhifə19/24
tarix14.12.2023
ölçüsü78,29 Kb.
#179152
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
1 Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining iqtisodiy -hozir.org

Jami yilik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish.

Mol-mulkini ijaraga berishdan to’lov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq to’lovchilar, jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya asosida soliq to’laydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi:

1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq to’lovchilar – ijaradan daromadlar paydo bo’lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda;

2) jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya asosida soliqni to’laydigan jismoniy shaxslar – joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay. Yangi ro’yxatdan o’tgan tadbirkorlik sub’ektlari – tadbirkorlik sub’ekti davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.



Jami yilik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish.

O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlariga ko’ra hisoblab chiqarilgan soliqni o’tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to’laydi.

O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan jismoniy shaxslar hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvarag’idan chet el valyutasida to’lashi mumkin. Bunda milliy valyutada ifodalangan soliq O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan soliq to’langan sanadagi kurs bo’yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqariladi.

Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning o’n beshinchi kunigacha har oyda to’laydi. Yil tugagach, soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo’yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to’langan summalar o’rtasidagi farq kelgusi yilning 1 iyunidan kechiktirmay soliq to’lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim.




Yüklə 78,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin