Agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik sub’ekti) o’z faoliyatini muayyan muddatga to’xtatsa, u o’z faoliyatini to’xtatguniga qadar tadbirkorlik sub’ektini ro’yxatdan o’tkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik to’xtatish to’g’risida ariza berish bilan bir vaqtning o’zida davlat ro’yxatidan o’tganlik haqidagi guvohnomani topshiradi.
Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan biroq 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq to‘lovi) to‘lashga o‘tkaziladi.

Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni to‘lashni tanlashi mumkin:
Ø kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashi;
Ø kalendar yilida realizasiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash o‘rniga ixtiyoriy tarzda qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashni tanlashi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish
Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tadi.

Shuningdek, soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga foyda solig‘ini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga huquqi berildi.