Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari
Quyidagi daromad turlariga soliq solinmaydi:
moddiy yordam summalari:
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari – mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 4,22baravarigacha miqdorda;
Soliq Kodeksining 377-moddasida ko’rsatilgan boshqa hollarda, – soliq davri uchun mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda;
soliq agenti tomonidan quyidagi yo’llanmalar qiymatini to’liq yoki qisman qoplash summalari, bundan turistik yo’llanmalar mustasno:
O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sog’lomlashtirish muassasalariga yo’llanmalar qiymatini nogironligi bo’lgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish beruvchida ishlamaydigan nogironligi bo’lgan shaxslarga to’liq yoki qisman qoplash summalari;