Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} U osmonlaru yerni paydo qiluvchidir. Biror ishni qilmoqchi bo‘lganida, unga: “Bo‘l!” desa, bo‘laveradi. 118}



Yüklə 61,23 Kb.
səhifə10/21
tarix17.08.2023
ölçüsü61,23 Kb.
#139621
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
1-2

} U osmonlaru yerni paydo qiluvchidir. Biror ishni qilmoqchi bo‘lganida, unga: “Bo‘l!” desa, bo‘laveradi.
118} Bilmaydigan kimsalar: “Alloh biz bilan gaplashsa yoki bir mo‘jiza kelsa edi”, deyishdi. Ulardan oldingilar ham ularning so‘ziga o‘xshash gapirgan edilar. Qalblari o‘xshash bo‘ldi. Batahqiq, Biz aniq ishonuvchi qavmlarga mo‘jizalarni bayon qilganmiz.
119} Albatta, Biz sеni haq bilan xushxabar bеruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Va sеn do‘zax egalari haqida so‘almaysan.
120} Sendan yahudiylar ham, nasroniylar ham ularning millatiga ergashmaguningcha hatgiz rozi bo‘lmaydilar. “Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir”, deb ayt. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoi nafslariga ergashsang, sen uchun Allohdan (qutqaruvchi) do‘st ham, yordamchi ham yo‘qdir.
121} Biz kitob berganlardan uni o‘rniga qo‘yib tilovat qiladiganlari, ana o‘shalari unga iymon keltiradi. Kim unga kufr keltirsa, ana o‘shalargina o‘zlari ziyon ko‘ruvchilardir.
122} Ey Bani Isroil, sizga bergan ne’matlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qo‘yganimni eslang!
123} Bir jon boshqa jondan hеch narsani ado qila olmaydigan, undan to‘lov qabul qilinmaydigan, unga shafoat foyda bеrmaydigan va ularga yordam bеrilmaydigan Kundan qo‘rqinglar.
124} Ibrohimni Robbisi kalimalar bilan sinab ko‘rganda, u ularni batamom ado etganini esla! U zot: “Men, albatta, seni odamlarga pеshvo qilmoqchiman” dedi. U: “Zurriyotimdan hammi?” dedi. U zot: “Zolimlar ahdimga hech qachon erisha olmaydilar”, dedi.
125} “Bayt”ni odamlar uchun masaba va omonlik joyi qilganimizni eslang. Va Ibrohimning maqomini namozgoh tuting. Va Ibrohim va Ismoilga: “Uyimni tavof qiluvchilar, muqim turuvchilar, ruku’ va sajda qiluvchilar uchun poklab qo‘yinglar”, deb amr qildik.
126} Ibrohimning: “Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar bilan rizqlantirgin”, deganini esla. U zot: “Kim kufr keltirsa, ozgina huzur baxsh etaman, so‘ngra do‘zax azobiga majbur qilaman va u qanday ham yomon joy!” dedi.
127} Ibrohim bilan Ismoil: “Ey Robbimiz, bizdan qabul qil, albatta, Sening O‘zing eshituvchi, biluvchi zotsan”, deb, baytning poydevorlarini ko‘tarayotganini esla.
128} “Robbimiz, ikkovimizni O‘zingga musulmon bo‘lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O‘zingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni ko‘rsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sening O‘zing tavbalarni ko‘plab qabul qiluvchi, rahmli zotsan”.
129} “Robbimiz, o‘zlarining ichidan ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitobni va hikmatni o‘rgatadigan, ularni poklaydigan payg‘ambar yubor. Albatta, Sen O‘zing aziz va hikmatli zotsan”.
130} O‘zini esi past sanaganlargina Ibrohimning millatidan yuz o‘giradi. Albatta, Biz uni bu dunyoda tanlab oldik va albatta, u oxiratda solihlardan bo‘lgaydir.
131
Yüklə 61,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin