Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} O‘shanda Robbi unga: “Musulmon bo‘l!” deganida, u: “Olamlarning Robbiga taslim bo‘ldim”, dedi. 132}



Yüklə 61,23 Kb.
səhifə11/21
tarix17.08.2023
ölçüsü61,23 Kb.
#139621
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
1-2

} O‘shanda Robbi unga: “Musulmon bo‘l!” deganida, u: “Olamlarning Robbiga taslim bo‘ldim”, dedi.
132} Ibrohim o‘z o‘g‘illariga va Ya’qub ham: “Ey bolalarim, albatta, Alloh sizlarga dinni tanladi, sizlar musulmon bo‘lmasdan turib o‘lmaysiz” deb, shu (millat)ni vasiyat qildilar.
133} Yoki Ya’qubga o‘lim hozir bo‘lib, u o‘z bolalariga: “Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?” deganida, ular: “Sening ilohingga va otalaring Ibrohim, Ismoil va Is’hoqlarning ilohiga, yolg‘iz ilohga ibodat qilamiz hamda biz Unga musulmon bo‘luvchimiz”, deganlarida guvoh bo‘lganmisiz?!
134} Ular bir ummat edi, o‘tib ketdilar. Ularga o‘zlari kasb qilganlari bo‘ladi. Sizlarga o‘zingiz kasb qilganingiz bo‘ladi. Ularning qilgan amallaridan siz so‘ralmaysiz.
135} Ular: “Yahudiy yoki nasroniy bo‘ling, hidoyat topasiz”, deydilar. Balki: “Ibrohimning hanif millatiga (diniga) ergashamiz va u mushriklardan bo‘lmagan”, deb ayt.
136} Aytinglar: “Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Is’hoq, Ya’qub va uning avlodiga tushirilgan narsaga, Muso va Isoga berilgan narsaga va payg‘ambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik. Ularning orasidan birortasini ajratmaymiz va biz Unga musulmonlarmiz”.
137} Agar siz iymon keltirganga o‘xshash iymon keltirsalar, batahqiq, hidoyat topadilar. Va agar yuz o‘girsalar, bas, albatta, ular xilofdan boshqa narsada bo‘lmaydilar. Alloh senga ular (yomonligi)dan kifoya qiladi. Va U eshituvchi, biluvchi zotdir.
138} Allohning bo‘yog‘ini (lozim tuting). Allohning bo‘yog‘idan chiroyliroq bo‘yoq (beruvchi) kim bor?! Va biz Unga ibodat qiluvchilarmiz.
139} Ayt: “Biz bilan Alloh haqida tortishasizmi?! Va holbuki, U bizning Robbimiz va sizning Robbingiz, bizning o‘z amallarimiz bor, sizning o‘z amallaringiz bor. Va biz Unga muxlismiz”.
140} Yoki: “Albatta, Ibrohim, Ismoil, Is’hoq, Ya’qub va uning avlodi yahudiy va nasroniy bo‘lgan”, deysizlarmi?! “Sizlar biluvchiroqmi yoki Allohmi?” degin. Huzuridagi Allohdan bo‘lgan guvohlikni berkitgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Va Alloh qilayotgan ishlaringizdan g‘ofil emasdir.
141} Ular bir ummat edilar, o‘tib ketdilar. Ularga o‘zlari kasb qilganlari bo‘ladi. Sizlarga o‘zingiz kasb qilganingiz bo‘ladi. Ularning qilgan amallaridan sizlar so‘ralmaysizlar.
142} Odamlardan esi pastlari: “Bularni ilgari yuzlangan qiblalaridan nima yuz o‘girtirdi ekan?” deydilar. “Mashriqu mag‘rib Allohniki, kimni xohlasa, o‘shani to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi”, deb ayt.
143} SHuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizdan guvoh bo‘lishi uchun o‘rta millat qildik. Sen avval yuzlangan qiblani ortga burilib ketadiganlar kim-u payg‘ambarga ergashuvchilar kim ekanini bilish uchungina qilganmiz. Garchi bu ish Alloh hidoyatga solganlardan boshqalarga og‘ir bo‘lsa ham. Alloh iymoningizni zoe qilmaydi. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir.
144} Goho yuzingni osmonga tez-tez burilganini ko‘ramiz. Bas, albatta, seni o‘zing rozi bo‘lgan qiblaga qaratamiz. Yuzingni Masjid-ul Harom tomon bur. Qayerda bo‘lsangiz ham, yuzingizni u tomonga buringiz. Albatta, kitob berilganlar uni Robbilaridan bo‘lgan haq ekanini biladilar. Va Alloh ularning qilayotgan amallaridan g‘ofil emasdir.
145} Agar kitob berilganlarga barcha dalillarni keltirsang ham, sening qiblangga ergashmaydilar. Sen ham ularning qiblasiga ergashuvchi emassan. Va ular bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyu nafslariga ergashsang, unda, albatta, zolimlardan bo‘lib qolasan.
146
Yüklə 61,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin