Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} Kitob berilganlar uni xuddi bolalarini tanigandek taniydilar. Va, albatta, ulardan bir guruhlari bilib turib haqni berkitadilar. 147}



Yüklə 61,23 Kb.
səhifə12/21
tarix17.08.2023
ölçüsü61,23 Kb.
#139621
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
1-2

} Kitob berilganlar uni xuddi bolalarini tanigandek taniydilar. Va, albatta, ulardan bir guruhlari bilib turib haqni berkitadilar.
147} Bu haq Robbingdandir, hech-hech shak qiluvchilardan bo‘lmagin.
148} Har kimning yuzlanadigan tarafi bor. U o‘shanga yuzlanuvchidir. Yaxshiliklarga shoshiling. Qayerda bo‘lsangiz ham, Alloh sizlarni jamlaydi. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
149} Qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjid-ul Harom tomon bur. Va, albatta, bu Robbingdan bo‘lgan haqdir.
150} Va qayerdan chiqsan ham, yuzingni Masjid-ul Harom tomonga bur. Qayerda bo‘lsangiz ham, yuzingizni u tomonga buring. Odamlarda sizga qarshi hujjat bo‘lmasligi uchun. Ulardan zulm qilganlaridan qo‘rqmanglar, Mendan qo‘rqinglar. Va sizga ne’matimni batamom qilishim uchun, shoyadki hidoyat topsangiz.
151} SHuningdek, ichingizga o‘zingizdan, sizlarga oyatlarimizni tilovat qiladigan, sizlarni poklaydigan, sizlarga kitobni, hikmatni va bilmaydigan narsalaringizni o‘rgatadigan payg‘ambar yubordik.
152} Bas, Meni eslangiz, sizni eslayman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz.
153} Ey iymon keltirganlar! Sabr va namoz bilan madad so‘ranglar. Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilandir.
154} Allohning yo‘lida o‘ldirilganlarni “o‘liklar” demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmaysiz.
155} Albata, Biz sizlarni bir oz qo‘rquv va ochlik bilan, mol-mulkga, jonga mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber.
156} Ular musibat yetganda: “Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, deydilar.
157} Ana o‘shalarga Robbilaridan salovatlar va rahmat bor. Ana o‘shalar hidoyat topganlardir.
158} Albatta, Safo va Marva Alloh (dini)ning shiorlaridandir. Kim Baytullohni haj yoki umra qilsa, ikkovlari o‘rtasida sa’yi qilish gunoh emas. Kim yaxshilikni xolisona qilsa, bas, albatta, Alloh shukr qiluvchi va biluvchidir.
159} Albatta, Biz nozil qilgan ravshan oyatlarni va hidoyatni odamlarga kitobda bayon qilib berganimizdan keyin berkitganlarni – o‘shalarni Alloh la’natlaydi. Va la’natlovchilar hamla’natlaydi.
160} Magar tavba qilib, ahli solih bo‘lib, bayon qilganlarning, ana o‘shalarning tavbasini qabul qilaman. Va Men tavbalarni ko‘plab qabul qiluvchi va rahmlidirman.
161
Yüklə 61,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin