Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} Yaxshi so‘z va kechirish, ortidan ozor keladigan sadaqadan ko‘ra yaxshiroqdir. Va Alloh behojat va halim zotdir. 264}



Yüklə 61,23 Kb.
səhifə20/21
tarix17.08.2023
ölçüsü61,23 Kb.
#139621
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1-2

} Yaxshi so‘z va kechirish, ortidan ozor keladigan sadaqadan ko‘ra yaxshiroqdir. Va Alloh behojat va halim zotdir.
264} Ey iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan, molini Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham kishilarga riyo uchun nafaqa qilganga o‘xshab bekorga ketgazmang. U misoli bir ustini tuproq bosgan silliq toshga o‘xshaydi. Bas, kuchli yomg‘ir yog‘sa, silliq bo‘lib qoladi. Kasb qilganlaridan hech narsaga qodir bo‘lmaydilar. Va Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamaydi.
265} Mollarini Allohning roziligini istab, o‘zlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar xuddi tepalikdagi bog‘ga o‘xshaydilar. Unga qattiq yomg‘ir yog‘sa, mevasini ikki barobar beradi. Agar qattiq yomg‘ir yog‘masa, maydalab yoqqani ham bo‘laveradi. Va Alloh qilayotganlaringizni ko‘rib turuvchi zotdir.
266} Sizlardan birortangiz ostidan anhorlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali bog‘i bo‘laturib, yoshi bir joyga yetganda, zaifhol zurriyoti bor paytda unga olovli bo‘ron kelib yonib bitishini xohlaydimi?! Alloh sizlarga shu tariqa O‘z oyatlarini bayon qiladir, shoyadki fikr yuritsangiz.
267} Ey iymon keltirganlar! Kasb qilgan pok narsalaringizdan va Biz sizlarga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan sadaqa qilinglar. Nopokni qasd qilib sadaqa qilmang. Holbuki, uni o‘zingiz ham oluvchimassiz, magar ko‘z yumsangizgina olasiz. Va bilingki, albatta, Alloh boy va maqtalgan zotdir.
268} SHayton sizga faqirlikni va’da qiladi va fahsh ishlarga buyuradi. Alloh sizga o‘zidan mag‘firat va fazlni va’da qiladi. Va Alloh keng qamrovli, biluvchi zotdir.
269} U zot kimni xohlasa, o‘shanga hikmatni beradi. Kimga hikmat berilsa, unga ko‘p yaxshilik berilgan bo‘ladi. Faqat aql egalarigina eslaydilar.
270} Qilgan nafaqangizni yoki nazringizni Alloh, albatta, biladi. Zolimlarga yordamchilar yo‘qdir.
271} Sadaqani oshkora qilsangiz qandoq ham yaxshi. Agar maxfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir. Sizdan gunohlaringizni yuvadi. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
272} Ularni hidoyatga solish sening zimmangda emas. Lekin Alloh kimni xohlasa, hidoyatga boshlaydi. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz o‘z foydangizga. Qilgan nafaqangiz, faqat Allohning yuzini istash uchundir. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz o‘zingizga to‘laligicha qaytarilur. Sizlarga zulm qilinmaydi.
273} (Sadaqa va xayru-ehsonlar) Allohning yo‘lida tutilgan, yer yuzida kasb qilishga qodir bo‘lmagan, iffatlari tufayli bilmagan kishi ularni boy deb o‘ylaydigan faqirlargadir. Ularni siymolaridan taniysan, odamlardan xiralik qilib so‘ramaydilar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringizni, albatta, Alloh biluvchidir.
274
Yüklə 61,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin