} Bular Allohning oyatlaridir. Ularni senga haq bilan tilovat qilamiz. Va, albatta, sen payg‘ambarlardandirsan.
253} O‘shalar payg‘ambardirlar. Ularning ba’zilarini ba’zilaridan afzal qildik. Ulardan Alloh gaplashgani bor va ba’zilarining darajasini ko‘targan. Va Maryam o‘g‘li Isoga oydin (mo‘jiza)larni berdik va uni muqaddas ruh bilan qo‘lladik. Agar Alloh xohlaganida, ulardan keyin qolganlar o‘zlariga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan so‘ng urushmas edilar. Lekin ixtilof qildilar. Ulardan kimdir iymon keltirdi, kimdir kufr keltirdi. Agar Alloh xohlaganida, urushmas edilar. Lekin Alloh nimani iroda qilsa, shuni qiladi.
254} Ey iymon keltirganlar! Sizga rizq qilib bergan narsalarimizdan, na oldi-sotdi, na oshna-og‘aynichilik va na shafoatchilik yo‘q kun kelmasdan oldin nafaqa qiling. Va kofirlar – o‘shalar, zolimlardir.
255} Alloh Undan o‘zga iloh yo‘q zotdir. U tirik va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmaydi. Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida O‘zining iznisiz hech kim shafoat qila olmaydi. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar O‘zi xohlaganini, xalos. Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan. Ularni muhofaza qilish Uni charchatmaydi. Va U Oliy va Azim zotdir.
256} Dinda majbur qilish yo‘q. Batahqiq, haq botildan ajradi. Kim tog‘utga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan bo‘lur. Va Alloh eshituvchi, biluvchi zotdir.
257} Alloh iymon keltirganlarning do‘stidir. Ularni zulmatlardan nurga chiqarur. Kufr keltirganlarning do‘stlari tog‘utdir. Ularni nurdan zulmatlarga chiqaradilar. Ana o‘shalar do‘zax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.
258} Alloh podshohlik berib qo‘ygani sababidan Ibrohim bilan Robbisi haqida hujjat talashganni bilmadingmi? Ibrohim: “Mening Robbiim tiriltiradi va o‘ldiradi”, deganda, u: “Men tiriltiraman va o‘ldiraman”, dedi. Ibrohim: “Albatta, Alloh quyoshni mashriqdan chiqaradi, bas, sen uni mag‘ribdan chiqargin-chi”, dedi. Bas, kufr keltirgan lol qoldi. Va Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmaydi.
259} Yoki shiftlari ustiga qulagan qishloqdan o‘tgan kishiga o‘xshashni ko‘rmadingmi? U: «Alloh buni o‘limidan keyin qanday tiriltiradi?” dedi. Bas, Alloh uni yuz yil o‘ldirdi, so‘ngra qayta tiriltirdi. U zot: “Qancha yotdng?”, dedi. U: “Bir kun yoki bir kunning ba’zisicha yotdim”, dedi. U zot: “Balki yuz yil yotding, taomingga va sharobingga nazar sol, o‘zgargani yo‘q va eshagingga ham qara. Seni odamlarga ibrat qilish uchun shunday qildik. Va suyaklarga nazar sol, ularni qandoq harakatga solamiz va ularga qandoq go‘sht kiygizamiz”, dedi. Unga ravshan bo‘lganda: “Albatta, Alloh har bir narsaga qodirligini bildim”, dedi.
260} Esla, Ibrohim: “Ey Robbim, menga o‘liklarni qanday tiriltirishingni ko‘rsat”, deganda, U zot: “Ishonmadingmi?” dedi. U: “Ore, lekin qalbim xotirjam bo‘lishi uchun”, dedi. U zot: “Qushdan to‘rtta olgin-da, o‘zingga tortib, kesib maydala, so‘ngra ulardan har bir toqqa bo‘laklarini qo‘ygin, keyin ularni o‘zingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar va bilginki, albatta, Alloh aziz va hakim zotdir”, dedi.
261} Mollarini Allohning yo‘lida sarflaydiganlarning misoli, xuddi bir dona donga o‘xshaydi. Undan yetti boshoq o‘sib chiqadi, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana ko‘paytirib beradi. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi zotdir.
262} Allohning yo‘lida mollarini sarflab, so‘ngra sarflari ketidan minnat qilmay va ozor bermaydiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaydilar.
263