} Ular qo‘llari taqdim qilgan narsalar sababidan, uni abadiy, hech-hech orzu qilmaydilar va Alloh zulm qiluvchilarni biluvchi zotdir.
96} Ularning hayotga eng hirs qo‘ygan odamlar ekanligini bilasan. SHirk kеltirganlardan birlari ming yil umr ko‘rishni istaydi. Ammo uzoq umr ko‘rishi uni azobdan qutqarmaydi. Va Alloh ularning qilayotganlarini ko‘rib turuvchidir.
97} Jabroilga dushman bo‘lganlarga ayt, albatta u (Qur’on)ni sening qalbingga Allohning izni bilan, o‘zidan oldingini tasdiqlovchi va mo‘minlar uchun hidoyat va bashorat qilib olib tushdi.
98} Kim Allohga, uning farishtalariga, payg‘ambarlariga, Jabroilga va Mikoilga dushman bo‘lsa, albatta, Alloh kofirlarning dushmanidir.
99} Batahqiq, senga ravshan oyatlarni tushirdik, ularga faqat fosiqlargina kufr keltiradi.
100} Har qachon ahd qilsalar, ulardan bir guruhi uni buzaveradimi?! Yo‘q! Ularning ko‘plari iymon keltirmaydilar.
101} Ulardagi narsani tasdiqlab, Allohning huzuridan ularga payg‘ambar kelsa, kitob berilganlardan bir guruhi, xuddi bilmagandek, Allohning kitobini ortlariga qarab otdilar.
102} Va Sulaymon podsholigida shaytonlar tilovat qilgan narsaga ergashdilar. Sulaymon kufr keltirgani yo‘q. Lekin shaytonlar odamlarga sehrni o‘rgatib, kofir bo‘ldilar. Va Bobildagi Horut va Morut nomli ikki farishtaga tushgan narsaga ergashdilar. Ikkovlari toki: “Biz sinov uchunmiz, kofir bo‘lmagin”, demasdan oldin hech kimga o‘rgatmasdilar. Bas, ikkovlaridan er-xotinning o‘rtasini buzadigan narsani o‘rganishar edi. Va ular Allohning iznisiz biror kishiga zarar yetkazuvchi emasdilar. Va ikkovlaridan zarar keltiradigan va foyda keltirmaydigan narsani o‘rganardilar. Va, batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yo‘q. Agar bilsalar, o‘zlarini sotgan narsa qandoq ham yomon!
103} Agar ular iymon keltirib, taqvo qilganlarida, gar bilsalar, Allohning huzuridagi savob yaxshi edi.
104} Ey iymon keltirganlar! “ro’ina” demanglar, “unzurna” denglar va tinglanglar. Va kofirlarga alamli azob bordir.
105} Ahli kitob va mushriklardan bo‘lgan kofirlar sizlarga Robbingizdan yaxshilik tushirilishini yoqtirmaydilar. Va holbuki, Alloh O‘z rahmatini kimga xohlasa, o‘shanga xos qiladi. Alloh ulug‘ fazl egasidir.
106} Oyatlardan birontasini nasx qilsak yoki unutdirsak, undan yaxshisini yoki unga o‘xshashini keltiramiz. Alloh har narsaga qodir ekanini bilmadingmi?
107