Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} Odamlarni yaxshilikka buyurasizu, o‘zingizni unutasizmi? Holbuki, kitobni tilovat qilyapsiz-ku. Aqlni ishlatmaysizmi?! 45}



Yüklə 61,23 Kb.
səhifə4/21
tarix17.08.2023
ölçüsü61,23 Kb.
#139621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1-2

} Odamlarni yaxshilikka buyurasizu, o‘zingizni unutasizmi? Holbuki, kitobni tilovat qilyapsiz-ku. Aqlni ishlatmaysizmi?!
45} Sabr va namoz bilan yordam so‘rang. Va, albatta, u chin ko‘ngildan qo‘rquvchilardan boshqalarga juda katta ishdir.
46} Ular, albatta, Robbilariga ro‘baro‘ bo‘lishlari va, albatta, Unga qaytib borishlariga ishongan kimsalardir.
47} Ey Bani Isroil, sizga bergan ne’matlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qo‘yganimni eslang!
48} Bir jon boshqa bir jondan hech narsani ado qila olmaydigan, undan shafoat qabul qilinmaydigan, undan to‘lov olinmaydigan va ularga yordam berilmaydigan kundan qo‘rqing.
49} Sizni yomon azoblarga solib, o‘g‘illaringizni qatl qilib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan fir’avn ahlidan qutqarganimizni eslang. Ana o‘shanda Robbingizdan ulug‘ sinov bordir.
50} Va dengizni yorib, sizni qutqarib, sizning ko‘z oldingizda fir’avn ahlini g‘arq qilganimizni eslang.
51} Va Muso bilan qirq kechaga va’dalashganimizni, u (ketgani)dan keyin zolim bo‘lgan holingizda buzoqni (xudo deb) olganingizni eslang!
52} O‘shandan keyin sizni afv etdik. SHoyadki, shukr qilsangiz.
53} SHoyadki hidoyat topsangiz, deb Musoga kitobni va furqonni berganimizni eslang.
54} Musoning o‘z qavmiga: “Ey qavmim, albatta, siz buzoqni (xudo) qilib olishingiz bilan o‘zingizga zulm qildingiz. Endi sizni yo‘qdan bor qiluvchi zotga tavba qiling, o‘zingizni o‘zingiz o‘ldiring, shunday qilishingiz yo‘qdan bor qiluvchi zot huzurida siz uchun yaxshidir. Bas, tavbangizni qabul qildi. CHunki U tavbani ko‘plab qabul qiluvchi va rahmli zotdir”, deganini eslang.
55} “Ey Muso, Allohni ochiq-oydin ko‘rmagunimizcha senga ishonmaymiz”, deganingizni, shunda sizni o‘zingiz nazar solib turganingizda yashin urganini eslang.
56} SHoyadki shukr qilsangiz deb, keyin sizlarni o‘limingizdan keyin qayta tiriltirdik.
57} Va ustingizdan bulutni soya soldirib qo‘ydik, sizga manna (xolva) va bedanani tushirdik. Rizq qilib bergan narsalarimizning pokizalarini yenglar. Bizga zulm qilmadilar. Lekin o‘zlariga zulm qilar edilar.
58} “Ushbu qishloqqa kiringlar va uning xohlagan joyida bemalol yenglar va eshikdan ta’zim bilan, “hittatun”, deb kiring, sizning xatolaringizni mag‘firat qilamiz va yaxshilik qiluvchilarga ziyoda qilamiz”, deganimizni eslang.
59} Bas, zulm qilganlar ularga aytilgan so‘zni boshqasiga o‘zgartirdilar. Biz zulm qilganlarga fosiqlik qilayotganlari uchun osmondan azob tushirdik.
60} Muso o‘z qavm uchun suv talabida bo‘lganda, “Hassang bilan toshga ur!” deganimizni eslang. Bas, undan o‘n ikki buloq otilib chiqdi. Har qabila o‘z ichish joyini bildi. Alloh bergan rizqdan yeb-ichinglar. Yer yuzida buzg‘unchilik buzg‘unchilik qilmanglar.
61} “Ey Muso, bir xil taomga hech chiday olmaymiz, Robbingga duo qil, bizga yerda o‘sadigan narsalardan – sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz chiqarib bersin”, deganingizni eslang. U: “Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni so‘raysizlarmi? Biror bir shaharga tushing, so‘raganingizni albatta, topasiz”, dedi. Ularga xorlik va miskinlik yozildi va Allohning g‘azabiga loyiq bo‘ldilar. Bu Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, payg‘ambarlarni nohaq qatl etganlari uchundir. Bu isyonga ketganlari va haddan oshganlari uchundir.
62} Albatta, iymon keltirganlar, yahudiy bo‘lganlar, nasorolar va sobiiylardan qaysilari Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilgan bo‘lsa, o‘shalarga Robbilari huzurida ajrlar bordir. Ularga xavf yo‘q va ular mahzun ham bo‘lmaydilar.
63} Ahdu paymonlaringizni olganimizni va ustingizga Turni ko‘tarib, “Biz sizga bergan narsani quvvat bilan oling va undagi narsani eslang, shoyadki taqvodor bo‘lsangiz”, deganimizni eslang.
64
Yüklə 61,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin