} Alloh ularning sir tutganu va oshkor qilgan narsalarini, albatta, bilishini anglamaydilarmi?
78} Ularning ichida kitobdan bexabar, xomxayoldan boshqani bilmaydigan omiylar bor. Ular faqat gumon qiladilar xolos.
79} Kitobni o‘z qo‘li bilan yozib, so‘ngra uni arzon bahoga sotish uchun: “Bu Allohning huzuridan”, deydiganlarga halokat bo‘lsin! Ularga qo‘llari bilan yozgan narsalaridan halokat bo‘lsin! Kasb qilgan narsalari tufayli ularga halokat bo‘lsin!
80} Va ular: “Bizga (do‘zax) o‘ti hech tegmaydi, tegsa ham faqat sanoqli kunlargina tegadi”, dedilar. Sen: “Allohdan ahd oldingizmi? Zotan, Alloh ahdiga hech xilof qilmaydi. Yoki Allohning nomidan bilmagan narsangizni gapiryapsizmi?” deb ayt.
81} Yo‘q! Kim gunoh qilsa va uni xatolari o‘rab olgan bo‘lsa, ana o‘shalar do‘zax egalaridir. Ular unda abadiy qoladilar.
82}Va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ana o‘shalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qoluvchilardir.
83} Bani Isroildan “Allohdan boshqaga ibodat etmaysiz, ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga yaxshilik qilasiz, odamlarga yaxshi gaplar ayting, namozni qoim qiling, zakot bering”, deb ahdu paymon olganimizni eslang. So‘ngra ozginangizdan boshqangiz yuz o‘girib, ortga qarab ketdingiz.
84} Sizlardan bir-biringizning qonlaringizni to‘kmaysiz va diyoringizdan chiqarmaysiz, deb ahdu paymoningizni olganimizni eslang. So‘ngra guvohlik berib iqror bo‘ldingiz.
85}Kеyin esa siz shundaysizki, o‘zingizni o‘zingiz o‘ldirasiz va bir guruhingizni diyoridan chiqarasiz hamda ularga qarshi gunoh va dushmanlik yo‘lida yordam berasiz. Agar ular asir bo‘lsalar, qutqarib olasiz. Va holbuki, ularni chiqarish harom edi. Yoki kitobning ba’zisiga iymon keltirib, ba’zisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan o‘shani qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo bo‘lishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytariladilar. Alloh qilayotgan ishlaringizdan g‘ofil emas.
86