Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti
Tarix yo’nalishi 1-kurs 106-guruh talabasi
Saydullayeva Irodaning
Qadimgi va O‘rta asrlarda dunyo tarixi fanidan
2-semestr uchun bajargan mustaqil ishi
1. Rim podsholik davrida. 2. Tull Gostiliy (673-641 yillar).
3. Servius Tullius islohoti.
Rim podsholik davrida. Latsiyani qadimgi shaharlaridan biri bo’lgan Rim Tibr daryosi o’rta oqimida Etruriyadan janubda joylashgan edi. Boshqa latin shaharlari kabi Rim bir necha kichik urug’ qo’rg’onlarini birlashuvi bilan paydo bo’ldi.
Er. avv. VIII asrda eng qadimgi shaharlari Lavrent, Lanuviy va Laviniy bo’lgan 30 shahar Alba-Longa shahri boshchiligida Latin federatsiyasini tashkil qildilar. Rivoyatlarga ko’ra Al’ba-Longani asoschisi Askaniy Yul troya qahramoni Eneyning o’g’li edi. Alba-Longaning o’n to’rtinchi podshosi Numitorning nevaralari aka-uka Romul va Rem rivoyatga ko’ra Tibr qirg’og’idagi Palatin tepaligida yangi shahar Rimga asos soladilar. Romul janjalda ukasini o’ldirib qo’yadi va Rimning yetti podshosidan birinchisi (er. avv. 753-715 yillar) bo’ladi. Rimning ilk aholisini sabin-umbr qabilalari tashkil etadi. Romul Rim aholisini 30 kuriyaga bo’ladi, 300 kishilik podsho gvardiyasini tuzib Veya shahrini bosib oldi. Romuldan keyin Numa Pompiliy (er. avv. 715-673 yillar), Tull Gostiliy (673-641 yillar), Ank Martsiy (641-616 yillar), Luqiy Tarkviniy qadimgi (616-578 yillar), Serviy Gulliy (578-534 yillar), Lutsiy Tarkviniy mag’rur(534-510 yillar) hukmronlik qilganlar.1 Dastlab Rim aholisi 3 urug’-qabila (Titsiy, Ramn va Lutsern) tribi, 30 kuriya va 300 urug’, 3000 familiya (oila)ga bo’lingan. Triblar etnik farqlanmagan qabilalar birlashmasi bo’lishi mumkin. Kuriya erkak jangchilarni diniy, harbiy va shakklanayotga siyosiy tashkilotning asosi bo’lgan ibtidoiy birlashmasi, gent podsholik davrida yemirilayotgan urug’ jamoasi, familiya-katta patriarxal oila edi.
Latinlarning bir necha o’nlab mustahkamlangan markazlari ittifoqqa birlashtirilgan bo’lib, uning boshida Alba-Longa shahri turar edi. Har yili latin jamoalari vakillari hamma uchun umumiy bo’lgan lotin bayramlarini nishonlash uchun Alban tog’i tepaligida to’planar edilar. Barcha latinlar uchun umumiy xudo ma’buda Diana edi. Arxeologik qazilmalarga ko’ra eramizdan avvalgi X asrda latinlarni kichik guruhi Palatin tepaligining g’arbiy tomonida Tibr daryosi bo’yida kelib joylashdilar. Bu erda mudofaa devori bilan o’ralgan to’rtburchak shakldagi qishloqlar paydo bo’ldi.
Palatinda yashagan odamlar mayitlarni dafn qilmasdan gulxanda yoqar edilar. Bu odat Alba-Longadagi dafn marosimiga o’xshar edi. Bu Rimning ilk aholisini kelib chiqishi Alba shahridan ekanligini tasdiqlaydi. Bir necha o’n yildan so’ng ular qo’shni tepaliklar Seliy va Eskvilinni egalladilar. Er. avv. VII-VI asrlarda 285 gektar erni egallagan Palatin, Tseliy, Eskvilin tepaliklaridan boshqa Kvirinal va Viminal tepaliklarini ham qo’shib olindi. Bu tepaliklar va Palatin o’rtasidagi bo’shliq shahar markaziga aylandi. Shu erda uzoq yuz yilliklar davomida Rim davlat hayoti to’plangan Forum Romanum paydo bo’ladi.
“To’rt kvartalli” shaharni paydo bo’lishida etrusklarni roli katta edi. Ular shaharga Roma (Rim) nomini bergan bo’lishlari mumkin. So’nggi Rim tarixchilarining aytishicha, Rimning eng birinchi podsholaridan biri Serviy Tulliyning kelib chiqishi etrusklardan bo’lib, Serviy Tulliy davrida shahar yanada kengaydi. Kapitoliy va Aventin tepaliklari qo’shib olinib, mustahkam devorlar bilan o’rab olingan. Endilikda Rim eng qudratli latin shahriga aylandi va tezda Latsiy viloyatida Alba Longadan etakchilikni tortib oldi.
Ilk Rim jamiyatining asosi bu- urug’ edi. Urug’ a’zolari umumiy mulkka ega bo’lib, diniy marosimlarni birgalikda bajarar edilar. Bu qadimgi urug’ jamoat tuzilmasining izlari Rim ismlarida ko’rinadi. Rim ismlari uch qismdan tuzilgan: shaxsiy ism, urug’ni nomi va laqab, misol uchun Gay Yuliy Sezar. Bu keyinchalik merosiy bo’lib o’tgan. Vaqt o’tishi bilan urug’chilik aloqalari zaiflashdi, oiulaviy aloqalar kuchaydi. Bu aloqalar nafaqat oila a’zolarini, balki xonaki qullarni ham qamrab oldi. Podsholik davrida qullar xali ham kam sonli edi. Ana shunday patriarxal oila tepasida barcha oila a’zolarining hayoti va o’limi ustidan cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan “pater familius” (oila otasi) turar edi. O’sha vaqtda rimning to’la huquqli fuqarolari ”Populyus Romanus” (Rim xalqi) shahardagi uch etnik unsur lotin, sabin va etrusklarni aks ettirgan uch tribga bo’lingan edilar.
3 Tribni har biri o’ziga un kuriyani, kuriya esa o’n urug’ni o’z ichiga olgan edi. Shunday qilib Rim tarixchilarining ma’lumotiga ko’ra Rimning erkin aholisi dastlab 300 urug’dan iborat bo’lgan. Podshoning chaqirig’iga ko’ra ular kurial yig’inlari- komisiyalariga to’planar edilar. Saylov Kuriyalar bo’yicha o’tkazilar edi Kuriya yig’inlarida urushlar, tinchlik, diniy e’tiqodga oid qarorlar qabul qilinar edi. Boshqa lotin shaharlari kabi Rimda ham jamoalar tepasida Kuriya komisiyalarida (xalq yig’ini) saylanadigan podsho turar edi. Podsho oldida uning xokimiyati ramzini ko’targan 12 liktorlar borar edi. Davlatni podsho bilan dastlab 100 keyinchalik 300 a’zodan iborat bo’lgan oqsoqollar kengashi- senat boshqagan. Senat komisiyalar qabul qilgan barcha qarorlarni tasdiqlar edi. Podsho vafot etgan taqdirda senat yangi podsho saylaguncha o’z ichidan har besh kunda bir kishini vaqtinchalik podsho (“interreks”)ni tayinlar edi. Bu odat keyingi vaqtlarda ham saqlanib qoldi. Rimda oily mansabdor shaxs konsul vafot etganda ham bu odat qullanilar edi.
Podsho oliy harbiy boshliq, kohin va sudya bo’lib, zaruriyat bo’lganda bir qancha yordamchilar-kvestorlarga tayanar edi. Kvestorlar odam o’ldirish ishlari bo’yicha sudni amalga oshirar edilar. Podsho mutlaq hukmdor bo’lmasada etrusklar davrida uning hokimiyati juda kuchli bo’lib, Rim oilasi “pater families” hokimiyatini eslatar edi.
An’ana bo’yicha Rim tarixchilari shahar tarixida yettita podshoni aytib o’tadilar. Ular: Romul (er. avv. 753-715-yillar), Numa Pompiliy (er. avv. 715-673-yillar), Tull Gostiliy (er;. avv. 673-641-yillar), Ank Marsiy (er. avv. 641-616-yillar), Tarkviniy Qadimgi (er. avv. 616-578-yillar), Serviy Tulliy (er. avv. 578-534-yillar) va Tarkviniy Mag’rur (er. avv. 534-509-yillar). Bulardan kelib chiqishi etrusk bo’lgan oxirgi uch podshoni tarixiy deb aytish mumkin.
Urug’ tashkilotlari a’zolari rim xalqini (Romanus papulus) tashkil qildi. Boshda ko’vhib kelganlar hisobidan to’ldiriladigan Rim fuqarolik jamoasi kuriyalar bo’yicha taqsimlangan edi. Ank Martsiy davrida jamoa yer fondi (ager publucus) zahiralari tugadi. Chetdan ko’chib keladiganlar endilikda qabul qilinmadi va yopiq jamoa hosil bo’ldi. Natijada qadimgi Rimning ikki sinfiy toifalari imtiyozli patritsiylar (patricius-“zodagon otani o’g’li”), patrisiylar jamoa yer fondidan foydalanish, kuriya komisiyalarida ishtirok etish huquqlariga ega edilar. Ko’p sonli plebeylar esa o’z urug’larini saqlab qolib, rim urug’chilik tashkilotidan tashqarida bo’lib hech qanday huquqlarga ega emas edilar.
Shu sababli patritsiy va plebeylar o’rtasidagi qarama-qarshiliklar yuz yillab davom etdi.
Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida bir qism plebs boyib ketdi, kambag’allashib qolgan plebeylar, xonavayron bo’lgan fuqarolar hamda ozod qo’yilgan qullar qudratli patritsiylar homiyligiga o’tib ularga kliyenni (clients-“qaram kishilar”) bo’ldilar. Klient o’z patrani urug’ini a’zosi bo’lib unga bo’ysunar edi.
So’ngi rim podsholari o’z shaxsiy hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib bordilar. Ular patritsiylarga qarshi kurashda plebeylardan siyosiy qurol sifatida foydalandilar. Podsho Serviy Tulliyning islohotlari rim jamiyatini urug’ jamoasidan davlatga o’tishda muhim o’rin tutadi. U harbiy islohot va unga bog’liq tsenz (mulk) islohotlarini o’tkazdi.
Bu o’zgarishlar natijasida kuriyalar bo’yicha yig’inlarni ikkinchi darajali qilib qo’ygan tsentsuriy komisiyalari yetakchi o’ringa chiqib oldi. Podsholik davri so’ngida mulkchilikning antic shakli bilan rim polisi yoki civitas fuqarolik jamoasini shakllanishi tugadi. Serviy Tulliy o’tkazgan siyosiy islohotlar bu qarama-qarshiliklarni ma’lum darajada yumshatdi. Serviy Tulliy islohoti urug’chilik tuzumi asoslarini yemirdi.
Serviy Tulliy Rimning barcha erkak aholisini (patritsiy va plebeylarni) olti mulkiy toifaga bo’ldi. Birinchi toifa 100 000 mis assga teng mulkka ega bo’lgan, II-75 000 ass, III-50 000 ass, IV-25 000 assga, V-11 500 ass qiymatli mulkka ega bo’lishi kerak edi. Barcha kambag’allar butun boyligi bolalari bo’lgan VI-toifaga proletariy (latincha proles-“avlod”)larni tashkil etdi. Har bir toifa qo’shinga belgilangan miqdorda tsenturiy (yuzlik) berishi shart edi: I toifa-og’ir qurollangan piyodalar 80 tsenturiy, suvoriylar 18 tsenturiy, jami 98 tsenturiy; II-22 tsenturiy, III-20 tsenturiy, IV-22 tsenturiy, V-30 tsenturiy yengil qurollangan piyodalarni, VI toifa-1 tsenturiy, jami olti toifa 193 tsenturiy (yuzlik) berishi shart edi.
Serviy Tulliy xalq yig’inini yangi ko’rinishi tsenturiya komisiyalarni joriy qildi. Ularda patritsiylar bilan plebeylar ham qatnashdilar. Tsenturiylarda odamlarning soni bir necha o’ndan ( 1 toifa) bir necha yuzgacha (proletar tsenturiylari) tebransada har bir tsenturiy ovoz berishda faqat bir ovozga ega edi. I mulk tsenzi toifasi 193 ovozdan 98 ovozga egalik qilar edi. Shundan xulosa qilgan holda tsenturiy komisiyalarida hal qiluvchi ovozga mulkdor fuqarolar egalik qildilar.
Mulkiy tsenzdan tashqari yosh tsenzi ham belgilandi: yoshlarni tsenturiylari (17 yoshdan 46 yoshgacha) harbiy dala xizmatini o’tadilar; keksalar tsenturiylari (46 yoshdan katta) garnizonlarda xizmat qilar edilar. Qo’shinlar podsho qo’mondonligi ostidagi 4 legiondan tashkil topgan edi.
Serviy Tulliy yana ma’muriy-hududiy islohot o’tkazdi, Rim davlati hududi 21 okrugga (er. avv. 241-yildan ularni 35 taga yetdi) bo’lindi. Bu okruglar trib deb (ulardan 4 tasi shahar, qolgan 10 tasi qishloq tribi) ataldi.
Patrisiylar va plebeylar o’rtasida boshdanoq kuchli ijtimoiy-siyosiy qarama –qarshiliklar mavjud edi. U Rim erkin aholisini mulkiy belgisiga qarab ajratdi. Rim xalqi “populyus romanus” tarkibiga patrisiylardan tashqari plebeylar ham kiritildi.
Bu fuqarolarning barchasi siyosiy huquqlarga ega bo’ldi. Aholi ro’yxati asosida u yoki bu kishini mulk, ishlov beriladigan yerni miqdoriga qarab Rim aholisi 6 mulkiy toifaga bo’lindi. Birinchi mulkiy toifa 100 ming ass (pul birligi) mulkka ega bo’lgan fuqorolar kiritildi. Eng avvalo mulkiy belgisiga qarab harbiy majburiyat taqsimlandi. Birinchi toifa og’ir qurollangan piyodalardan 80 senturiy va 18 senturiy suvoriylar; qolgan toifalar hammasi bo’lib engil qurolli piyoda yordamchi qismlar 95 senturiy berish kerak edi. Hammasi bo’lib senturiy komisiyalarga to’planadigan 193 senturiy paydo bo’ldi. Senturiy komisiyalariga kuriya komissiyalarining muhim vakolatlari qonunlarni qabul qilish , mansabdor shaxslarni saylash, urush e’lon qilish va tinchlik bitimi tuzish kabi o’tdi.
Amaldagi hokimiyat eski patrisiy urug’lari qo’lida saqlanib qoldi. Chunki ular erning eng ko’p miqdoriga ega bo’lib, birinchi tabaqani tashkil qilib sentual komisiyalarda ko’pchilikni 95 qarshi 98 tashkil qiladi.
Qadimgi Rim jamiyati dehqonlar va cho’ponlar jamiyati edi. Rimliklar etrusklardan yerga ishlov berishning samarali usullari va uzumchilikni o’zlashtirib oldilar. Etrusklarni tajribasidan foydalanib rimliklar forum atrofida eng katta yer osti kanalini qurdilar. Ular yana etrusklardan markaziy zalga ega tomida tuynugi bo’lgan uyning maxsus tipi-atriyni o’zlashtirib oldilar. Etrusklarning Rimda hukmronligi davrida mahalliy hunarmandchilik va savdo aloqalari rivojlandi. Savdoning rivojlanishi uchun shaharning geografik jihatdan qulay joylashganligi, serqatnov suv yo’li –Tibrda joylashganligi muhim ahamiyat kasb etdi. Bir necha asrlar davomida rimliklar savdo aloqalarini pul muomulasisiz pekus (hayvon) ayirboshlash yordamida amalga oshirdilar. Dastlab Rim savdo aloqalarini janubiy Italiyadagi yirik shaharlar bilan olib bordi. Podsholik davrining oxirida esa Attika va Karfagen bilan savdo aloqalarini olib bordilar. Eng birinchi savdo shartnomasi Karfagen bilan tuzildi. Savdo va hunarmandchilik bilan birinchi navbatda plebeylar shug’ullandilar. Bu yerda Rimdagi Kapitoliy va Palatin o’rtasida etrusk kvartali “Vikus tuskuss” muhim rol o’ynadi.
Dastlabki Rim dini animistic ko’rinishda va unda totemizmning bir qancha qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Bunga misol qilib Rim shahrini asoschilari Romul va Remni emizgan ona bo’ri to’g’risidagi afsonani aytish mumkin.
Podsholik davrida Rim yovuzlik va ezgulik ruhlari bilan to’la edi. Ularni sehrgarlik, qurbonlik va duolar o’qish bilan yumshatish mumkin edi. Rimliklar asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanganliklari uchun, tabiat hodisalari va dehqon hamda cho’ponni barcha ishlariga homiylik qiladigan ko’pgina xudolarga sig’inar edilar.
Vervaktor, Vedator va Obarator deb atalgan uch xudo qo’riq erni xaydashda odamlarga yordam ko’rsatgan. Yerlarni o’g’itlashda xudo Saterkuliniyga qurbonlik keltirilgan. Ekishga Saturin va Semonga, ilk maysalar chiqqanda ma’buda Siga, g’alla unib chiqqanda ma’buda Segitiyaga murojaat qilar edilar. Begona o’tlardan ekinlarni Runsinator, g’allani chirishidan esa Robig himoya qilgan. Boshoqni yetilishi xudo Laturnaning, gullashi ma’buda Floraning vazifasi, o’rimni xudo Messis boshqargan.
Uy-joyni Lara va Penat, eshiklarni Yanus, uy o’chog’ini ma’buda Vesta himoya qilgan. Har bir oila o’zining homiy xudosiga ega edi.
Rim e’tiqodi eng avvalo barcha diniy urf-odatlarga qat’iy rioya qilish edi. Shu sababli ko’p sonli kohinlar mavjud bo’lib, ular barcha xudolarni nomlari va vazifalarini yaxshi bilar edilar. Kohinlar duolarni rasmiy tasdiqlagan to’plamlarini tuzar edilar. Ular kalendarni ham joriy qildilar. Qaysi kunda qaysi diniy marosimlarni bajarish baxtli va baxtsiz kunlarni aniqlaydigan kohinlar avgurlar deb atalgan. Avgurlarning maxsus kollegiyasi mavjud edi. Kohin-folbin paruspiklar qurbonlik hayvonlarni ichki a’zolariga qarab fol ochar edilar. Kohinlar rimda saylab qo’yiladigan mansabdor shaxslar edilar, lekin alohida toifani tashkil qilmas edilar.