II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Bolalik – ijtimoiy fenomen sifatida.
Bolalikning inson va jamiyat hayotidagi ahamiyati. Xulqi og’ishgan bolalar ijtimoiy hodisa sifatida. Xulqi og’ishgan bolalarning muammolarining dalillari va sabablari. Bolalarni himoya qiluvchi me’yoriy hujjatlar. Yetimlik, beparvolik va qarovsizlik.
2-mavzu. Xulqi og’ishgan bolalarga yordam berish tarixi
Bolalar uylarining paydo bo’lishi. 20-asr boshlarida yetimlik va qarovsizlik masalalari. Urush yillaridagi yetimlik. Hozirgi vaqtdagi yetimlik va qarovsizlik, beparvolik. Ularning oldini olish. Migratsiya. Bolalarga yordam ko’rsatishning zamonaviy usullari: patronat, boquvchi oila, vasiylik, oilaviy bolalar uyi.
3-mavzu. Xulqi og’ishgan bolalarning psixologik, ijtimoiy va pedagogik tavsifi
Tibbiy yordamga muxtoj bolalar. Ijtimoiy yordamga muxtoj bolalar. O’qishga layoqatsiz bolalar. Xulqi yomon bolalar. Deviant xulqli bolalar. Psixologik muammoli bolalar.
4-mavzu. Omadsiz oila – bolalar hayotining kushandasi
Omadsiz oilalar turlari. Omadsiz oilada o’sgan bolalarning psixologiyasi.
5-mavzu. Ko’cha bolalari
Ko’cha muhitining bola shakllanishiga ta’siri. Ko’cha bolalarining tavsifi.
6-mavzu. Imkoniyati cheklangan bolalar
Imkoniyati cheklangan bolalar tushunchasi va uning sinflanishi. Imkoniyati cheklangan bolalarning psixologik xususiyatlari.
7-mavzu. Qarovsiz bolalarning xususiyatlari
Qarovsiz bolalarning rivojlanishining o’ziga xos jihatlari. Qarovsiz bolaning emotsional deformatsiyasining paydo bolish sabablari va oqibatlari.
8-mavzu. Xulqi og’ishgan bolalarni aniqlash
Xulqi og’ishgan bolalarni aniqlashning psixologik instrumentariysiga qo’yiladigan talablar. Bolalarning o’zini anglash va jinsiy-yosh belgilarini tadqiq qilish metodlari. Muammolar maydonini aniqlash.
9-mavzu. Bolalar xulqiga individual yondashuv
Bolalar tarbiyasiga individual yondashuv algoritmi. Pedagogik jamoaning kompetensiyasi.
10-mavzu. Bolalar uyidagi ijtimoiy-pedagogik muhit
Bolalar uyidagi ijtimoiy-pedagogik muhit. Mehribonlik uylaridagi ijtimoiy reabilitatsiya.
Dostları ilə paylaş: |