Toshkent arxitektura qurilish instituti o. Sh. Mamanazarov loyiha boshqaruvi


 Loyihani boshqarishning kadrlar jihatlari



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/76
tarix24.02.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#85479
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76
 
12.2 Loyihani boshqarishning kadrlar jihatlari 
Inson (mehnat) resurslari loyihani boshqarish tizimida alohida oʻrin tutadi. 
Loyiha xodimlarini boshqarish quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi: 

tashkiliy rejalashtirish; 

loyihani kadrlar bilan ta’minlash; 

loyiha komandasini (jamoasini) yaratish. 
 
Bundan tashqari, loyiha xodimlarini boshqarish ishni samarali bajarish va 
loyihani muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur boʻlgan loyiha ishchilarini monitoring 
qilish va motivatsiya qilish funksiyalarini amalga oshiradi.
 


118 
Tashkiliy rejalashtirish - loyihada rollarni aniqlash, hujjatlashtirish va 
loyihadagi rollarni tarqatish, mas’uliyat va javobgarlik. 
Boshqaruvning asosiy ob’yekti – individ, shaxs (ishchi, ijrochi) boʻlgan 
an’anaviy xodimlarni boshqarishdan farqli oʻlaroq, loyiha xodimlarini boshqarish 
loyiha jamoasiga qaratiladi. Ushbu loyihaning muvaffaqiyatini asosan belgilovchi 
aynan jamoaviy harakatlardir. 
Loyihani amalga oshirishning eng qiyin vazifasi loyiha menejeri 
(boshqaruvchi) ni tanlashdir. Tanlashning asosiy omillari quyidagilardir: 

loyihani boshqarish tajribasi;

loyiha jamoasi bilan muvofiqligi;

shaxslararo koʻnikmalar;

loyihaning joylashuvi;

vakolat;

ish hajmlari;

obroʻsi;

ish haqi (gonorar);

boshqalar. 
Loyiha rahbarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

loyiha guruhini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish;

mavjud resurslardan foydalanib, loyihaning yakuniy natijalarini ma’lum bir vaqt 
oraligʻida amalga oshirish;

yuqori noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish;

taqvimli rejalashtirish va loyihalashtirish;

loyiha tashkilotlari, yetkazib beruvchilar, pudratchilar, investorlar, 
konsultantlar, mijozlar va kompaniya boshqaruvi bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

ishni bajarish va xarajatlarni nazorat qilishni ta’minlash - boshqaruvchi 
jarayonlar va funksiyalarni boshqarishni ta’minlashi kerak. 
Loyiha rahbarini tanlashda toʻrt muhim qoidaga e’tibor qaratilishi kerak: 


119 
1. Korxona boshqaruvida yuqori lavozim egalari boʻlganligi sababli loyiha boshqaruv 
funksiyalarini odamlarga oʻtkazishning hojati yoʻq.
2. Loyiha rahbarining ish haqi loyiha vazifalarini bajarish natijalari bilan belgilanadi, u 
boshqaradigan boʻgʻinlarning soni boʻyicha emas.
3. Loyiha menejeri uchun kompaniyaning eng yuqori haq toʻlanadigan xodimi boʻlish 
shart emas.
4. Loyihani amalga oshirishning eng yuqori samaradorligiga erishish uchun, 
menejerlarning ragʻbatlantirilishi va mansab oʻsishi uchun amalga oshiriladigan 
loyihalarning murakkabligi va koʻlamiga, mahoratga, kasbiy mahoratga qarab 
kompaniya tarkibidagi boshqaruv loyihalarining aylanishini ta’minlash kerak. 
Loyiha rahbarining yetakchilik darajasi uning maxsus bilimlari, shaxsiy 
xususiyatlari, buyuq (farmoyish) berish qobiliyatiga, shuningdek, tajribaga ega 
boʻlgan boshqa koʻplab fazilatlarga asoslangan. Ularning ba’zilariga e’tibor 
qaratamiz: 
muammolarni oldindan bilish qobiliyati; 
toʻgʻri echimini oʻz vaqtida topish qobiliyati; 
loyihaning vaqt va xarajatlar parametrlarini boshqarish qobiliyati (bir vaqtning 
oʻzida); 
konsensusga ochiqlik; 
madaniy (keng ma’noda) farqlarni (madaniyat, mentalitet va boshqalar) hisobga 
olish qobiliyati; 
hokimiyatni vakolatli xodimlarga topshirish qobiliyati; 
jamoa a’zolarining fikrlarini jamlash (umumlashtirish) va jamoa uchun 
katalizator vazifasini bajarish qobiliyati. 
U tayinlanganidan keyin loyiha menejeri loyiha ishining boʻlinmasini, 
loyihaning tashkiliy tuzilishini belgilaydi, keyinchalik xodimlarning ishlarini muvofiq 
ravishda tashkil qiladi. 
Bundan tashqari, loyiha menejeri har bir xodimning mas’uliyatini tavsiflovchi 
tashkiliy tuzilma va zarur ish ta’riflarini oʻz ichiga olgan loyihani tashkil etish 
boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqishi kerak. 


120 
Xodimlarning ishlashi (ishga olish, loyihaga tasdiqlash, baholash, qayta 
tayinlash, lavozimni koʻtarish/pasaytirish, ish faoliyatining samaradorligini 
baholash)ning barcha jihatlari hujjatlashtirilishi va mehnat qonuniga muvofiq boʻlishi 
kerak. 
Aynan loyiha jamoasi yaratilishida, ya’ni loyihani amalga oshiruvchi loyiha 
menejeriga qarashli bir guruh xodimlarni tuzish va uning rejasini bajarilishini 
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarga, va shuningdek jamoaning soni va kasbiy 
malakasini aniqlashga katta miqdorda vaqt va kuch sarflanadi. 
Loyiha qatnashchilarining taxminiy tarkibi 14-rasmda keltirilgan. Ishtirokchilar 
soni bir necha dan bir necha yuzgacha yoki undan ham koʻproq boʻlishi mumkin. Agar 
loyiha murakkab va keng miqyosli boʻlsa, uni amalga oshirishda bir nechta jamoalar 
ishtirok etishi mumkin. Shu bilan birga, loyihaning asosiy maqsadi har bir jamoaning 
mahalliy maqsadlarini amalga oshirish orqali erishiladi. 
Loyiha jamoasi an’anaviy va norasmiy guruhlardan farq qiladi. 
An’anaviy jamoa barqaror jamoa boʻlib, bir rahbarga boʻysunadigan 
xodimlardan tashkil topgan.
Norasmiy jamoa oʻz manfaatlariga yoki boshqa sabablarga koʻra ixtiyoriy 
ravishda ishtirok etadigan turli boʻlinmalar xodimlaridan iborat boʻlishi mumkin. 
Loyiha jamoasi loyihaning maqsadlariga erishish uchun yaratilgan turli 
idoralar mutaxassislarini vaqtinchalik rasman tartibga soluvchi birlashma hisoblanadi. 
An’anaviy jamoa singari loyiha jamoasi loyiha muddati davomida loyiha menejeriga 
boʻysunadi. 
Loyiha menejeri oʻzlarining va jamoa a’zolarining funksional majburiyatlarini 
aniq ta’riflashlari kerak. Rasmiy munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari va 
funksiyalari bilan birgalikda funksional majburiyatlar loyiha jamoasidagi rollarning 
taqsimlanishini aniqlaydi. 
Loyiha jamoasi tarkibida asosiy rollarni aniqlashga qaratilgan koʻplab 
yondashuvlar mavjud. 
Har bir jamoa a’zosining oʻziga xos xususiyatlariga koʻra, quyidagi rollarni 
ajratish mumkin: 


121 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin