Natijada Prust g‘olib chiqdi va 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi: har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’iy nazar, o‘zgarmas miqdoriy tarkibga ega. Masalan, toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89 % kislorod bo‘lib, suv normal sharoitda 0° C la muzlaydi, 100 0C da qaynaydi; uning 4° C dagi zichligi 1000 kg-m3 yoki I g-sm3 yoxud 1 gml-1 ga teng; u o‘zgarmas elektr o‘tkazuvchanlikka, o‘zgarmas qovushoqlikka ega. Bertollening o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini XX asrning boshlarida akad. N. S. Kurnakov rivojlantirdi. U qotishma va eritmalarda haqiqatan ham o‘zgaruvchan tarkibli birikmalar bo‘lishini isbotladi va ularni bertollidlar deb, o‘zgarmas tarkibli birikmalarni esa — daltonidlar deb atadi. Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo‘ysunadi. Atom tuzilishiga ega bo‘lgan kristall modaalar va yuqori molekulyar birikmalar bu qonunga bo‘ysunmasligi mumkin. Masalan, titan (II) - oksidning tarkibi bir namunada Ti1.2O formula bilan, boshqa bir namunada Ti01,2 formula bilan ifodalanishi mumkin. Birinchi holda' 12 ta titan atomiga 10 ta kislorod atomi kelgan bo‘lsa, ikkinchi holda 10 ta titan atomiga 12 ta kislorod atomi to‘g‘ri keladi. Tarkibnnng doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin. har qanday quyi molekulyar birikma, o‘zining olinish usuli va sharoitidan qat’i nazar o‘zgarmas tarkib bilan ifodalana oladi.