Italiyalik olim Amedeo Avogadro (1776—1856) hajmiy nisbatlar qonunini tushuntirish uchun 1811 yilda quyidagi gipotezani yaratdi: bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalari soni o‘zaro teng bo‘ladi. Oddiy gazlarning molekulalari bir necha atomdan iborat bo‘lishi mumkin. Avogadroning bu gipotezasi xilma-xil faktlar bilan tasdiqlandi va 1860 yildan boshlab A v o g a d r o qo n u n i deb tan olindi. Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni Avogadro qonuni asosida juda qulay izoxlanadi. Masalan, 2 hajm vodorod va 1 hajm kislorod o‘zaro birikib, 2 hajm suv bug‘i hosil qilishini quyidagicha izoxlash mumkin: kislorod va vodorodning har qaysi molekulasi ikki atomdan iborat; vodorodning ikki molekulasi kislorodning bitta molekulasi bilan birikib, bir molekula suv hosil qiladi; kislorodning ikkinchi atomi qolgan ikkita vodorod atomi bilan birikib, yana bir molekula suv hosil qiladi; shunday qilib, 2H20 + 02 = 2H20 reaksiyasi sodir bo‘ladi.