Misol. 2,9 g metall gidroksiddan o‘sha metallning 9,2 g bromidi hosil bo‘lgan. Metallning ekvivalentini toping. Echish. Ekvivalentlar qonuniga muvofiq, massalar orasidagi nisbat ekvivalentlar orasidagi nisbatga teng: mgidroksid/mbromid = Egidroksid/Ebromid Bilamizki, Egidroksid=Emetall -17; EbromidEmetall - -79,9 (Bu yerda: Emetall, — metallning ekvivalenti). mgidroksid = 2.9 g, mbromid=9,2g. Bu qiymatlarni tenglamaga qo‘ysak, 2,9/9,2=Emetall-17/Emetall+79,9 bo‘ladi Bundan Emetall = 11,95g/mol-1 kelib chiqadi. - Misol. 2,9 g metall gidroksiddan o‘sha metallning 9,2 g bromidi hosil bo‘lgan. Metallning ekvivalentini toping. Echish. Ekvivalentlar qonuniga muvofiq, massalar orasidagi nisbat ekvivalentlar orasidagi nisbatga teng: mgidroksid/mbromid = Egidroksid/Ebromid Bilamizki, Egidroksid=Emetall -17; EbromidEmetall - -79,9 (Bu yerda: Emetall, — metallning ekvivalenti). mgidroksid = 2.9 g, mbromid=9,2g. Bu qiymatlarni tenglamaga qo‘ysak, 2,9/9,2=Emetall-17/Emetall+79,9 bo‘ladi Bundan Emetall = 11,95g/mol-1 kelib chiqadi.
Ideal gaz qonunlari - 1860 yilda Germaniyaning Karlsrue shahrida chaqirilgan kimyogarlarning Xalqaro s’ezdida «atom», «molekula» va «ekvivalent» tushunchalariga aniq ta’rif berildi. Shundan keyin atom va molekula tushunchalari asosida atom-molekulyar ta’limot yaratildi. Gaz holatidagi moddani tavsiflash faqat ekvivalentlar qonuni bilan cheklanmaydi; Avogadro, Sharl, Gey-Lyussak va Boyl-Mariott qonunlariga ham bo‘ysunadi. Avogadro qonuni: o‘zgarmas bosim va o‘zgarmas temperaturada hamma gazlarning baravar hajmida bir xil miqdorda molekulalar (yoki gazning mol miqdorlari) bo‘ladi. Binobarin, har qanday gazning hajmi uning mol sonlariga proporcionaldir: v=(const=n)R,T yoki V1/V2=n1/n2 bunda: n, va n2 — gazning V} va V2 hajmlardagi mol sonlari, R,T indekslari shu fizik kattaliklar doimiy qolgan holatini anglatadi.
Gey-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni. Avogadro qonuni - Franiuz olimi Gey-Lyussak (1778—1850) ta’riflagan hajmiy nisbatlar qonuni atom massalar haqidagi masalani echishga katta yordam berdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi gazlarning hajmlari o‘zaro va reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo‘ladi. Masalan, 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan yuqori temperaturada reaksiyaga kirishganda 2 hajm suv bug‘i hosil bo‘ladi. Albatta, bunday reaksiyada ishtirok etgan gazlarning hajmlari bir xil bosim va bir xil temperaturada o‘lchanilishi lozim. Shved olimi Bercelius Gey-Lyussak qonuniga asoslanib, bir xil temperatura va bir xil bosimda baravar hajmda olingan barcha oddiy gazlarning molekulalari emas, atomlar soni o‘zaro teng bo‘ladi degan noto‘g‘ri xulosaga keldi. Berceliusning bu fikri to‘g‘ri bo‘lganda edi, 2 hajm volorod 1 hajm kislorod bilan reaksiyaga kirishganda 1 hajm suv bug‘i hosil bo‘lishi kerak edi. Vaholanki, tajribada 2 hajm suv bug‘i hosil bo‘ldi. Bercelius 1 hajm kislorod 1 hajm vodorodga qaraganda 16 marta og‘irligiga asoslanib, kislorodning atom massasini 16 deb topdi. Bundan tashqari, 1 hajm kislorod bilan 2 hajm vodorod reaksiyaga kirishishidan foydalanib, suvning formulasi H2O ekanligini aniqladi, lekin nima uchun 1 hajm kislorod 2 hajm vodorod bilan reaksiyaga kirishganida 2 hajm suv bug‘i hosil bo‘lishini tushuntira olmadi. Buni Avogadro gipotezasigina izohlay oldi.
Dostları ilə paylaş: |