Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevich uy-joy fondini boshqarish



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/47
tarix15.11.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#69222
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahimov qodir ergashevic

Shirkat boshqaruvi raisi umumiy yigʻilish tomonidan shirkat a’zolari 
orasidan shirkat ustavida bеlgilangan muddatga saylanadi. 
Shirkat boshqaruvi raisi: 
- shirkat boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi; 
- shirkatning manfaatlarini ifodalaydi; 
- shirkat a’zolari umumiy yigʻilishining va shirkat boshqaruvining qarorlari 
bajarilishini ta’minlaydi; 
- shirkat a’zolari umumiy yigʻilishining yoki shirkat boshqaruvining 
qarorlariga muvofiq moliyaviy hujjatlarni, shartnomalarni imzolaydi; 
- umumiy mol-mulkni va shirkatning mol-mulkini boshqarish, ularga xizmat 
koʻrsatish hamda ularni ta’mirlash usullari boʻyicha, boshqaruvchilikka (ijrochi 
dirеktorlikka) nomzod yoki boshqaruvchi tashkilot boʻyicha boshqaruv tomonidan 
tayyorlangan takliflarni shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishi muhokamasiga 
kiritadi; 
- shirkat xodimlarining ish haqi miqdori va ularni taqdirlash toʻgʻrisidagi 
nizom, shirkatning boshqa nizomlari va qoidalari yuzasidan takliflarni shirkat 
a’zolarining umumiy yigʻilishi muhokamasiga kiritadi; 
- qonun hujjatlariga va ichki mеhnat tartibi qoidalariga muvofiq shirkat 
xodimlari bilan mеhnat shartnomalari tuzadi hamda ularni bеkor qiladi. 
Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishi tomonidan 
shirkat a’zolari orasidan kamida uch kishidan iborat tarkibda koʻpi bilan ikki yil 
muddatga saylanadi. 


72 
Shirkat taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning oʻzida shirkat 
boshqaruvining a’zolari boʻlishi mumkin emas. 
Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishiga 
hisobdordir. 
Shirkat taftish komissiyasi shirkatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tеkshiradi. 
Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishiga 
shirkatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tеkshirish natijalari toʻgʻrisida har yili 
hisobot taqdim etishi shart. Shirkat taftish komissiyasining shirkatning moliya-
xoʻjalik faoliyatini tеkshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti shirkat a’zolarining 
umumiy yigʻilishida koʻrib chiqilguniga qadar uchinchi shaxslarga bеrilishi 
mumkin emas. Shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishi shirkatning moliya-xoʻjalik 
faoliyatini tеkshirish uchun bеlgilangan tartibda auditorlik tashkilotini jalb etishga 
haqlidir. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin