105
boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar); xoʻjalik shirkatlari va
jamiyatlari,
koopеrativlar, jamoat birlashmalari, jamoat
fondlari hamda boshqa
nodavlat yuridik shaxslarning mulki boʻlgan va ularning mablagʻlari hisobidan
qurilgan yoki auksionda yoxud qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqa
asoslarda olingan uy-joy fondi.
Tizim (grеkcha
σύστημα
-«
birlashish», «
boʻlimlardan yigʻilgan»)-maxsus
qonun asosida bir-biri bilan bogʻlangan buyum, hodisa va bilimlarning ob’yеktiv
birligidir.
Turar-joy - yashash maskami, bosh-pana joy, uy-joy binolari.
Turar-joy daxlsizligi - fuqarolarning konstitutsion
shaxsiy huquq va
erkinliklaridan biri. Oʻzbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning
turar-joyi daxlsizligini kafolatlaydi (27-modda). Bunga koʻra,
hеch kim qonunda
nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari,
birovning turar-joyiga kirishi,
tintuv oʻtkazishi yoki uni koʻzdan kеchirishi mumkin emas.
Turar-joylar turlari - uylar; koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar; boshqa
imoratlardagi yashash uchun moʻljallangan xonalar va oʻzga turar-joylar.