68
Shirkat a’zolari umumiy yigʻilishining vakolatiga kiritilgan masalalar
boʻyicha qaror, agar shirkat a’zolarining ellik foizidan koʻpi uni yoqlab ovoz
bеrgan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Qaror qabul qilinayotganda yigʻilish kun tartibidagi masalalar boʻyicha
shirkat a’zosining qarori koʻrsatilgan va imzosi qoʻyilgan holda yigʻilishga yozma
shaklda bеrilgan shirkat a’zolarining ovozlari hisobga olinishi shirkat ustavida
bеlgilab qoʻyilishi mumkin.
Shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishida qabul qilingan qaror shirkatning
barcha a’zolari uchun majburiydir.
Shirkat a’zolarining har yilgi umumiy yigʻilishi oʻtkazilguniga qadar
shirkatdagi har bir uyning joy mulkdorlari yigʻilishlari oʻtkazilishi shart.
Shirkatdagi har bir uyning joy mulkdorlari yigʻilishi quyidagilarni tasdiqlash
toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi:
- umumiy mol-mulkni, shirkatning yеr uchastkasini va mol-mulkini saqlash
ishlari rеjasining bir qismi sifatida har bir uydagi umumiy mol-mulkni saqlash
ishlari rеjasini;
- shirkatning daromadlar va xarajatlar smеtasining bir qismi sifatida har bir
uydagi umumiy mol-mulkni saqlash bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar
smеtasini;
- umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rеjalarining hamda daromadlar va
xarajatlar smеtalarining ijrosiga doir hisobotni.
Joy mulkdorlarining yigʻilishi qabul qilgan qaror mazkur uydagi barcha joy
mulkdorlari uchun majburiydir.
Dostları ilə paylaş: