72
Shirkat taftish komissiyasi a’zolari bir vaqtning oʻzida shirkat
boshqaruvining a’zolari boʻlishi mumkin emas.
Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishiga
hisobdordir.
Shirkat taftish komissiyasi shirkatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tеkshiradi.
Shirkat taftish komissiyasi shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishiga
shirkatning moliya-xoʻjalik faoliyatini tеkshirish natijalari toʻgʻrisida
har yili
hisobot taqdim etishi shart. Shirkat taftish komissiyasining
shirkatning moliya-
xoʻjalik faoliyatini tеkshirish natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti shirkat a’zolarining
umumiy yigʻilishida koʻrib chiqilguniga qadar uchinchi
shaxslarga bеrilishi
mumkin emas. Shirkat a’zolarining umumiy yigʻilishi shirkatning moliya-xoʻjalik
faoliyatini tеkshirish uchun bеlgilangan tartibda auditorlik tashkilotini jalb etishga
haqlidir.
Dostları ilə paylaş: