Toshkent arxitektura qurilish instituti


Cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi



Yüklə 42,05 Kb.
səhifə11/12
tarix18.04.2023
ölçüsü42,05 Kb.
#100058
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Qurilish materiallarining asosiy xossalari-kompy.info

Cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi. Materiallar cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasiga qarab uch guruhga bo’linadi:
1) cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan ko’p bo’lgan tolali materiallar (yog’och, shisha tolasi);
2) cho’zilishdagi va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi o’zaro teng yoki oz farq qiluvchi materiallar (po’lat);
3) cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan kam bo’lgan materiallar (tosh materiallar, shisha, cho’yan va sh.k.).
Materiallarning cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun undan davlat standartida ko’rsatilgan namunalar tayyorlanadi.
Mo’rt materiallarning (tabiiy toshlar, beton, sementli qorishma, keramika va sh.k.) cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagi mustahkamlikning 110-150 qismini tashkil etadi.
Materiallarning mustahkamligini aniqlash standart usullari namunalari 1.3 jadvalda berilgan.
Zarbga qarshilik. Tabiiy va sun’iy tosh materiallarni (beton, asfaltbeton) avtomobil yo’llari, trotuar, aerodrom qoplamalari, pol va poydevorlarga ishlatilganda ularni zarbga qarshiligi aniqlanadi. Tosh materiallarning zarbga qarshiligini aniqlash uchun namunaning diametri va balandligi 25 mm bo’lgan silindr shaklidagi koper tagiga o’rnatiladi. Zarbga qarshilik (Jm3) namunani buzish uchun sarf etilgan ish miqdori yoki hajm birligiga sarflangan solishtirma ish bilan ifodalanadi.
Qattiqlik. Materiallarga o’zidan qattiq jism botirilganda qarshilik ko’rsatish xususiyati uning qattiqligi deyiladi. Materiallarning qattiqligi turli usullar bilan aniqlanadi va o’lchov birligi ham turlichadir.
Bir jinsli tosh materiallarning qattiqlik ko’rsatkichi 1.4-jadvalda keltirilgan Moos shkalasi yordamida topiladi.
Ishqalanishga qarshilik. Pol, zinapoya, yo’l singari ishqalanish kuchi ta’sirida bo’lgan joylarda ishlatiladigan materiallar ishqalanishga sinab ko’riladi. Buning uchun kub plita yoki diametri 25 mm ga teng bo’lgan silindr kabi namunalar tayyorlanadi. Materiallarni yedirilish doirasida 1000 marta aylantirilganda namunaning 1 m2 yuzasidan (F) yo’qotilgan massaga ishqalanishga qarshiligi (I) deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:
I(m1-m2)F, kgm2 ,
bu yerda: m1 va m2 namunaning ishqalanishdan oldingi va keyingi massalari.

Yüklə 42,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin