Toshkent arxitektura qurilish instituti


-rasm. Leningradcha turdagi uy–joylar qurilishi kombinatining tuzilma sxemasi



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

3.6-rasm. Leningradcha turdagi uy–joylar qurilishi kombinatining tuzilma sxemasi.


67 
Kombinatning ishlab chiqarishga oid qismini ishlab chiqarish boshlig‘i, 
qurilish qismini esa – bosh quruvchi boshqaradi.
Quyidagi 3.6-rasmda Leningradcha turdagi uy-joylar qurilishi 
kombinatining (
Glavmosstroy 
UJQK – 2) tub tuzilma sxemasi ko‘rsatilgan. Bu 
ko‘rinishdagi korxonalar birlamchi ishlab chiqarish – qurilish tashkilotlari 
hisoblanadi. Bu turdagi uy qurish kombinatlari boshqaruv tizimining 
moslashuvchanligi, apparat tuzilmasining tejamkorligi, barcha zvenolarning 
qat’iy tartibda va bevosita o‘zaro bog‘liq va mos ravishda, kombinatning ishlab 
chiqaruvchi yakuniy mahsuloti bilan ularning bajargan ishlariga baho berish 
mumkinligi bilan ajralib turadi. Bu ko‘rinishdagi kombinatlar asosan, 35, 70, 
100 ming m
2
daraja qiymatidagi quvvatga ega hisoblanadi. Quvvat qiymati 
ortishi bilan ishlab chiqarish va shuningdek, qurilish sektorlarida boshqaruv 
jarayoni murakkablashadi.
Katta qiymatdagi quvvatga ega bo‘lgan uy – joy qurish kombinatlari bir – 
biridan qisman ajralgan ishlab chiqarish korxonalari asosida tashkil qilinadi. 
Quvvat qiymati ortishi bilan qurilish bo‘linmalarining ta’sir radiusi kengayib, 
shu sababli quvvati nisbatan yuqori bo‘lgan uy – joy qurish kombinatlari boshqa 
turdagi, ya’ni Moskva turidagi uy – joylar qurish kombinatlari bo‘yicha tashkil 
qilinib, ulardan dastlabki tashkil etigani–
Glavmosstroy 
1 – UJQK. 
Moskva turidagi uy–joy qurilishi kombinati (3.7–rasm) markazlashtirilgan 
boshqaruv sharoitida ikki mustaqil balansga ega: ya’ni, ishlab chiqarishga oid va 
qurilishga oid balanslar. Har ikkala sektor ham to‘liq xo‘jalik hisobi asosida 
yuritiladi. Bunda boshqaruv tizimi uchta zvenodan tashkil topgan: 


68 
3.7-rasm. Moskva turidagi uy–joy qurish kombinatining tuzilma sxemasi


69 
kombinat boshqaruvi – zavodlar, montaj boshqaruvi – ishlab chiqarish 
sexlari, qurilish oqimlari. Bu turdagi uy qurish kombinatlari tarkibiga uylarning 
turli qismini qurishga ixtisoslashgan, qurilish – montaj boshqaruvi (MB) va 
ishlab chiqarish zavodlarini qamrab olgan – birlamchi kenja bo‘linmalari 
bo‘lgan qurilish trestlariga o‘xshaydi. Bu turdagi uy qurish kombinatlari 
miqdoriga ko‘ra barcha uy – joy qurish kombinatlarining 1/10 qismini tashkil 
qilsa ham to‘rtdan bir qism quvvatini o‘zida mujassamlashtiradi. Moskva 
turidagi uy – joy qurish kombinatlarida keng ko‘lamli ishlab chiqarish jarayoni 
ixtisoslashish ya‘ni navbatdagi chuqurlashtirish yo‘li bilan ishlab chiqarishni 
takomillashtirish uchun qo‘shimcha shart – sharoit paydo qiladi. Aralash turdagi 
uy – joylar qurilishi kombinati birinchi va ikkinchi turdagi uy – joylar qurilishi 
kombinatlari belgi – xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bunda uy – joy 
kombinat zavodlari mustaqil balansni tashkil qilsa, qurilish oqimlari esa, uy – 
joy qurish kombinati balansida bo‘ladi. Ishlab chiqarish sektorida boshqaruv 
sxemasi uchta zvenodan: ya’ni, kombinat boshqaruvi – zavod – sex, bo‘lsa 
qurilishga oid sektorda esa – ikkita zvenodan tashkil topadi: ya’ni, kombinat 
boshqaruvi – oqim (uchastka).

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin