Toshkent arxitektura qurilish instituti


Qurilish  boshqarmasining



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Qurilish 
boshqarmasining 
boshlig’i 
№1 – Uchastka 
№2 – Uchastka 
№3 – Uchastka 
Qurilish boshqarmasini 
boshqarish apparati 


59 
xususiyati xosdir. Bunda chiziqli tavsifga ega bo‘lgan rahbariyat o‘z kenja 
bo‘linmalarining faoliyati natijalari uchun to‘liq javob beradi. 
So‘nggi vaqtlarda yangi turdagi boshqaruv tuzilmalari rivojlanishi qayd 
qilinadi: jumladan, 
matritsa tavsifidagi tuzilma
deb nomlangan – vaqtinchalik 
(ma’lum bir davrida tashkil qilinuvchi) organlar va loyiha (ob’yekt, masala, 
ishlanma) bo‘yicha boshqaruv tuzilmalari vujudga kelishi kuzatiladi.
Boshqaruvning matritsa tavsifidagi tuzilmasi
(3.4-rasm) dasturiy – 
maqsadli boshqaruv tamoyillariga asoslangan bo‘lib, bunda bajariladigan 
vazifalar doirasida funksional va chiziqli tavsifga ega bo‘lgan kenja 
bo‘linmalarning o‘zaro bog‘lanishlarini ta’minlovchi aloqalar ko‘rib chiqiladi.
 
3.4-rasm. Boshqaruvning matritsa tavsifidagi tuzilmasi. 
Bu bog‘lanishlar maxsus tashkil qilinuvchi organ yoki tegishli 
lavozimdagi shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Shunday qilib, loyihalash 
tashkilotlarida loyihaning bosh me’mori (LBME) va loyihaning bosh muhandisi 
(LBMU) loyihaning ro‘yobga oshirilishini boshqaradi va bu jarayon uchun 
javob beradi, shuningdek ularga topshirilgan ob’yektlar bo‘yicha institutning 
turli bo‘linmalari ishlarini muvofiqlashtiradi. Bu ko‘rinishdagi boshqaruv qaror 
topgan tizimni o‘zgartirmaydi, biroq boshqaruv tuzilmasi tarkibida 
boshqaruvning qo‘shimcha bug‘ini vujudga kelishi qayd qilinib, ya’ni bug‘in 


60 
o‘rtasidagi o‘zaro gorizontal va vertikal tavsifdagi bog‘lanishlarni 
muvofiqlashtiruvchi boshqaruv bug‘ini yuzaga keladi.
Qurilishda bu tuzilmalarga misol sifatida katta va murakkab majmualarda 
tashkil qilinadigan qurilish shtablarini ko‘rsatish mumkin. Shtab boshlig‘i 
sifatida belgilangan shaxs rahbariyat berilgan vakolat doirasida qurilish 
majmuasiga oyd barcha masalalarni hal qilishni amalga oshirib, bu faoliyat o‘z 
asosiy lavozim tegishli tutgan o‘rnidan mustaqil bajariladi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin