Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

 
© TAQI-2018 



SO‘Z BOSHI 
 
“Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish”
kursi oliy ma’lumotli 
quruvchi-muhandis bakаlavrlarni tayyorlashning yakuniy bosqichi hisoblanadi. 
Ushbu fanda talabalar o‘zlashtirgan jami bilimlarini uyg‘unlashtirib amaliyotda 
ishlatish uchun qurilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning 
zamonaviy holati va istiqbollari, nazariy asoslari hamda amaliy ko‘nikmalarga 
ega bo‘lishi nazarda tutiladi.
O‘quv qo‘llanma qurilish yo‘nalishida ta’lim oluvchi оliy ta’lim 
muassasalari va fakultetlar talabalari uchun umumiy hisoblanadi. O‘z-o‘zidan, 
ushbu kitobning bir tomondan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va davlat 
boshqaruvi, shuningdek, axborot texnologiyalari hamda hisoblash texnikasining 
barcha boshqaruv muhitlarini qamrab olishga intilishi bilan chambarchas 
bog‘liqlikda, ushbu fan sohasi uchun betakror qiymatga ega bo‘lgan fakt
sifatida o‘rin tutadi. Ushbu kitob infrastrukturaning qurilishi mumkin bo‘lgan 
barcha turlariga daxldorligini - qurilishni tashkil qilish uchun bugungi kunda 
asos bo‘la oladigan yagona universal o‘quv qo‘llanma ekanligini tan olish kerak. 
U ilmiy, loyiha, qurilish ishlab chiqarishi amaliyotida faoliyat olib boruvchi 
mutaxassislar orasida ham keng doirada ommalanishi kutiladi.
Qoʻllanmada mualliflarning zamon bilan hamnafas olg‘a qadam 
tashlashlari hamda qurilish fani va amaliyotining qo‘lga kiritgan yutuqlarini aks 
ettirishi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, yana bir o‘ziga xos xususiyati – qurilish ishlab chiqarishni 
tashkil qilish va boshqarishga bag’ishlangan o‘quv qo‘llanma mualliflari 
tomonidan chuqurlashtirilgan nazariy ishdan iborat bo‘lib qolmasligi, balki 
asosan qurilish amaliyotida to‘plangan amaliyot tajribasini umumlashtirishga 
tayanganini qayd etib o‘tish o‘rinli. Bunda, albatta oldingi o‘rinlarga olib 
chiqilgan yo‘nalishlar va misollar bilan birgalikda aralash tavsifdagi “
nisbatan 



ko‘proq darajada ilmiy”
fan sohalarini qamrab oluvchi axborotlar zarurati rad 
etilmaydi.
Mualliflar tomonidan Amerika usulida qurilishga oid tadbirkorlikni 
tashkil qilishning tuzilmasi va uslublari masalasi bayon qilinib, bunda birinchi 
navbatda kasbiy mahorat darajasidagi (
professional
) boshqaruv masalalari 
bo‘lajak muhandis-quruvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi talab qilinishi qayd 
etib o‘tiladi.
Ushbu kitob nashri ishlab chiqarishni tashkil qilishda mamlakatda yuz 
berayotgan ijtimoiy va iqtisodiy tub o‘zgarishlar, shuningdek, qurilish sohasida 
va pudratchi tashkilotlarda yuzaga kelgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holatdan 
kelib chiqib keltirilgan. 
Kitobda bozor munosabatlariga xos bo‘lgan, yangicha tashkiliy 
yondashuvlar o‘zbek modeli kesimida ko‘rsatib berilgan. Bu boshqaruvning 
tashkiliy-huquqiy asoslari va shakllari universitetdagi jarayonning yangi 
ishtirokchilari, tashkilotlar ishlari tarkibi va uslublaridagi o‘zgarishlar, qurilish 
ishlab chiqarish ta’minotiga bag‘ishlangan bo‘limlarda o‘z aksini topgan. 
Shuningdek, lizingning roli qurilishga oid texnika parkining tezkor yangilanishi 
bo‘yicha zamonaviy vosita va ishlarni mexanizatsiyalashtirishning yangi 
darajasiga chiqish sifatida bayon qilingan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma quruvchi-muhandis bakalavrlarni tayyorlash 
uchun zarur va shuningdek, qurilish amaliyoti sohasida faoliyat olib boruvchi 
ishchi-xodimlar uchun ham foydalidir. 




Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin