Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

Narkomstroy

tashkil qilinib, texnik siyosat yuritilishini ta’minlagan. Bu holatda pudratchi 
qurilish tashkilotlarining yakuniy ko‘rinishdagi tizimi tashkil qilingan. Qurilish 
xalq qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan dastlabki chora-tadbirlardan biri 
sifatida «Ishlab chiqarish ishlari rejalarini (loyihalarini) ishlab chiqish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar» tayyorlandi (1940 yil). Bu davrda sanoat inshootlari va turar-
joylar qurilishlarida ishlab chiqarish ishlarini tashkil etishda taraqqiy etgan 
uslublar – jumladan, qurilishni muhandislik tayyorlanishi, ishlarni bajarishda 
sutkalik grafiklar, loyihalashning joriy etilishi, qurilish ishlarini tezkor oqim 
uslubida bajarishning jiddiy tatbiq qilindi (Donbass, Moskva va kabi joylarda). 
Ikkinchi jahon urushi yillarida quruvchilar eng og‘ir sharoitlarda faoliyat 
olib borib, jumladan, sobiq Sovet mamlakatining sharqiy qismida mudofaa 


14 
inshootlari qurilishida ulkan hajmli ishlar bajarishiga majbur bo‘linib, 
mamlakatning g‘arbiy qismidan sanoat korxonalarini sharqqa, shu jumladan, 
O‘zbekistonga ko‘chirilgan. Bu davrda qurilishlar urushdan avvalgi davrga 
nisbatan zudlik bilan qurilgan. Masalan, texnologik anjomlarni tezda o‘rnatib 
ishga tushirish maqsadida ularning texnologik jixozlarning poydevorlarini va 
ularni o‘zlarini ochiq havoda qurilishi qo‘llanilgan. 1943 yildan boshlab, 
nemislar bosib olgan hududlar ozod qilinishi bu yerlarda shahar va korxonalar 
qayta qurilgan va tiklangan. Urush oxiriga qadar 7500 ta korxona qayta 
tiklangan, 3500 korxona–yangidan qurib ishga tushirilgan. Urush yillarida 
quruvchilar jonbozligi bilan g‘alabaga muhim hissa qo‘shganlar. 
Urushdan keyingi davrda qurilish sohasi eski, yarim hunarmand – 
kosibchilik asosidagi uslublardan industrial uslubga o‘ta boshladi. Bu davrning 
o‘ziga xos jihatlaridan biri – yig‘ma temirbeton asosiy konstruksiya materiali 
o‘rnini egalladi. Bunda industrial qurilishda yuzaga kelgan muammolar urushga 
qadar ham faol o‘rganilganiga qaramay, ular faqat 1950 yillarga kelib hal 
qilindi. 
Oqim uslubida qurilishni tashkil etishni umumlashtirish bo‘yicha ishlar 
olib borilgan bo‘lib, bunda asosiy diqqat yil davomida, jumladan qishda amalga 
oshiriladigan ishlarga, yani qurilish davrini qisqartirishga qaratilgan. Sobiq 
Ittifoq xalq xo‘jaligining deyarli barcha sohalarida qurilish ishlari bo‘yicha 
Vazirliklar (Minuglestroy, Minmetallurgximstroy va h.k.) tashkil qilinib, bu ham 
yetarli bo‘lmaganda esa – qurilishga oid bo‘lmagan vazirliklar tarkibida qurilish 
ishlari bo‘yicha bosh boshqarmalar tashkil etilgan.
1954 yilda mamlakat hukumati tomonidan «Temirbeton yig‘ma 
konstruksiyalar va qurilish uchun ayrim buyumlarni ishlab chiqarishini 
rivojlantirish haqida»gi Qaror qabul qilingan va undan keyin ishlab chiqilgan bir 
qator qarorlarda bino va inshootlarning zavod sharoitida mexanizatsiyalashtirish, 
tayyor konstruksiyalar asosida montaj qilish va qurilishni tezlashtirish yo‘llariga 


15 
aniqlik kiritilgan. Qurilishni texnik jihatdan rivojlantirishda industriallashtirish 
asosiy yo‘nalish qilib belgilangan. Bunda maqsadga yo‘naltirilgan tarzda barcha 
quvvat, harbiy sanoat majmuyi (VPK) tashkilotlarigacha bo‘lgan mamlakatning 
barcha resurslari, turar joy qurilishiga yo‘naltirilib, bu qisqa muddatda qurilish 
industriyasini deyarli yangidan yaratish imkonini bergan. Bu davrdan keyingi 
yillarda turar joy qurilishi, mazmun–mohiyatiga ko‘ra, o‘ziga xos inqilob davri 
sifatida tan olingan. Yig‘ma konstruksiyalar asosida turar-joylarni qurishda turar 
joy qurilishi sohasining gurkirab o‘sa boshlangan. To‘liq holda yig‘ma 
konstruksiyalardan foydalanishga keskin burilish tarzida qaror qilinishi asosida 
shaharlarda keng ko‘lamli qurilishlarning amalga oshirilishi bevosita tamoyil 
jihatidan yangi ko‘rinishdagi qurilish yuzaga kelishi uchun qulay shart – 
sharoitlar yaratgan, ya’ni ishlab chiqarish va qurilish sohasi faoliyatining 
birlashtirilishi asosida – ommaviy turar joy qurilishining zamonaviy shakli 
hisoblangan – uy–joylar qurilishi kombinatlari (UJQK) tashkil qilingan.
O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘lgandan keyin qurilish industriyasini 
rivojlanishi, hozirgi MDH davlatlarining beg‘araz yordami bilan amalga oshdi: 
Toshkentni qurish bosh boshqarmasi, metro qurilish, koplab uy-joy qurilish 
kombinatlari va temirbeton buyumlari zavodlari qurilishiga olib keldi. 
1960-1970 yillarda qurilish sohasi ko‘lami yuqori tezlikda rivojlanishi 
qayd qilinib, biroq so‘nggi yillarda mamlakat iqtisodiyotida asta–sekin salbiy 
tendensiyalar avj oldi. Asosiy fondlarning sezilarli darajada ortishiga 
qaramasdan, ish haqi darajasining ortib ketib mehnat unumdorligining o‘sishi 
keskin susayishi, shuningdek ishlab chiqarish va mehnat intizomining pasayib 
ketishi, qurilish davrining me’yorilarida ko‘rsatilganiga nisbatan ikki – uch 
marta cho‘zilib ketishi, sifatning pasayib ketishi, kam quvvatli qurilish 
tashkilotlari ko‘payishi, qurilishda boshqaruv apparati va o‘z navbatida qurilish 
tannarxining ortib borishi kabi holatlar kuzatilgan.


16 
Qurilish sohasida yuzaga kelgan bu kabi murakkab vaziyat, o‘z navbatida, 
mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga to‘sqinlik qila boshlagan. 
Qabul qilingan chora–tadbirlar tubdan o‘zgartirishlar amalga oshirilishini 
ta’minlay olmagan. 
1980-yillarda davlat hukumati va partiya rahbariyati kapital qurilishni 
tubdan takomillashtirish masalasini ilgari suradi. Qurilish sohasini tashkil qilish 
va boshqarish bo‘yicha, shuningdek loyihalash – smeta ishlari, ekspertiza va 
mualliflik nazoratining roli, ish haqi to‘lash va mehnatni rag‘batlantirish tizimini 
takomillashtirish haqida, industriallashtirishni rivojlantirilishi va qurilishda 
mehnat ish unumdorligini oshirishga doir ketma–ket farmon va qarorlar qabul 
qilindi. Biroq, ushbu me’yoriy hujjatlarda qayd qilingan chora-tadbirlar kutilgan 
natijalarni bermadi. 
Qayta qurish davri boshlanish yillarida (1886 – yil) qurilish–montaj 
tashkilotini (QMT) to‘lig’icha xo‘jalik hisobiga o‘tkazish va o‘z–o‘zini 
moliyalashtirish tizimini joriy qilishga urinishlar amalga oshirilgan. Biroq, 
rejalashtirilgan xo‘jalik va siyosiy tizim inqiroz holatida ekanligi oydinlashdi. 
«

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin