6
inshootlarni barpo etish texnologiyasi” kursini o‘rganish davomida alohida
ishlarni bajarish va mashinalarning oqilona jamlamalarini
tanlash uslublari
haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari kerak.
“Qurilish iqtisodiyoti”da tashkiliy masalalar sohaga oid ko‘lamda
o‘rganilishi hisobga olingan holda, ushbu kurs davomida asosan, qurilish
infrasrukturasi yani qurilish – montaj tashkilotlari darajasidagi faoliyatni tashkil
qilish va boshqarish bayon qilinadi, qurilish sohasiga
oid umumiy iqtisodiy
qonuniyatlar esa – qurilish ishlab chiqarishi bo‘yicha aniq turdagi texnologik –
loyihalar asosida keltirilgan ilovalarda keltirilgan.
Shuningdek, ushbu kurs me’morchilik (
arxitektura
), qurilish
konstruksiyalari, qurilish mashinalari va hisoblash texnikasiga bag‘ishlangan fan
sohalari bilan ham uzviy bog‘liq hisoblanadi.
Kurs hukumat tomonidan kapital qurilish bo‘yicha chiqarilgan joriy qaror
va farmonlar, qurilish me’yorlari va qoidalari hisobga olinib yozilgan.
Bozor iqtisodiyotida erkin tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish joriy
qilinishi bevosita qurilish tashkilotlarining tuzilishi va funksiyalarini bajarishi
tavsiflangan bo‘limlarni qayta koʻrib chiqish zaruratini yuzaga keltirgan,
shuningdek, ushbu sohada G‘arb mamlakatlarida qaror topgan yondashuvlar va
tamoyillar ko‘rib chiqilgan. Mazkur holat qoʻllanmaning sezilari darajada
kengayishiga olib kelgan. Bunda amerikacha tajribaga alohida o‘rin
ajratilib,
jumladan, O‘zbekiston qurilish amaliyoti uchun yangi hisoblangan, ya’ni
menejment loyihasi, qurilishga oid havf-xatar va sug‘urtalash, monitoring,
tezkor hujjatlashtirish, lizing va boshqa bir qator holatlar bayon qilingan.
O‘quv qo‘llanma kurs dasturiga mos ravishda tuzib chiqilgan bo‘lib,
qurilish ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish, taqvimiy rejalashtirish, qurilish
bosh tarhlarini loyihalash, moddiy-texnik ta’minotni
tashkil qilish va tezkor
boshqaruv masalalariga bag‘ishlangan bo‘limlardan tashkil topgan.
Materiallarning bu ko‘rinishda bo‘limlarga ajratilgan holatda berilishi, qurilish
7
ob’yektlarining bunyod etilishi bo‘yicha asosiy bosqichlarga mos keltirilgan va
bayon qilish mantiqiyligi o‘z aksini topgan.
Ayrim boblarda tarkibiy jihatdan ma’lumotnoma tavsifidagi axborotlar
keltirilgan va bu materiallar talabalar uchun kurs ishlari va bitiruv malakaviy
ishlar loyihalarini bajarishda yordam berishi mumkin.
O‘quv qo‘llanma mualliflar guruhi tomonidan: texn. fan. doktori,
professor M.M.Miraxmedov (Kirish, I, §1.3; 1.5; II, §2.2; III, 3.1-3.2; IV, §4.3;
4.4, 4.7, V, §5.1; 5.2; VI, §6.1; 6.2; VIII, §8.1; 8.2; 8.3; IX, §9.1), texn. fan.
nomzodi, dotsent X.I. Yusupov (I, §1.2; 1.4; II, §2.1; 2.3, III, §3.4; 3.5; IV, §4.1;
4.2, §5.3; 5.4; VI, §6.3; VII, §7.1; 7.2; 7.5; 7.6; IX, §9.8), E.A.Shomirzayev (II,
§2.3; IV, §4.5; 4.8, V, §5.5; VI, §6.5; VII, §7.7; VIII, §8.4), I.M.Maxamataliyev
(I, §1.1; III, §3.3; 3.5; 3.6; IV, §4.6, VI, §6.4; 7.3; IX, §9.2-9.7), A.T. Ilyasov
(VII. §7.4; Nazorat savollari, rasmlar) tayyorlandi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani yaratishda O‘zbekiston, Rossiya miqyosida va
xorijda, ayniqsa Amerikada to‘plangan keng ko‘lamli amaliy materiallar
umumlashtirilgan bo‘lib, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha
qurilish tashkilotlari va mualliflarning shaxsiy tajribasidan foydalanilgan.
Mualliflar o‘quv qo‘llanma qo‘lyozmasini tahrirdan o‘tkazishda va
qimmatli
takliflar kiritilishida
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti
“Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish” kafedrasi dotsenti texnika fanlari
nomzodi A.M.Ilmurodov, Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Bino va
inshootlar” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi S.S.Sayfiddinovga
minnatdorchilik bildiradilar.
Mualliflar kitobxonlardan o‘quv qo‘llanmada uchratgan kamchiliklarni
koʻrsatib, o‘z takliflarini bildirishlarini so‘raydilar. Bu takliflar navbatdagi
nashrlarda minnatdorchilik bilan hisobga olinishini ta’kidlaydilar.