Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 3,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/87
tarix24.09.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#147554
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
QURILISH INFRASTRUKTURASI VA ISHLARNI TASHKIL ETISH (1)

mehnat 
unumdorligi 
qurilishda yirik va o‘rta biznesning shu kabi ko‘rsatkichlarining 
90% qiymatidan ortishi ma’lum. Lizing tizimi rivojlangan mamlakatlarda asosiy 
fondlarning yangilanishida investitsiyalarni jalb qilishda eng keng tarqalgan 
mexanizmlardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda nisbatan unchalik katta 
qiymatga ega bo‘lmagan moliyalashtirish bilan birgalikda lizingni keng 
ko‘lamda rivojlantirilishi tezkor tarzda mashina va qurilmalar parkini tashkil 
qilish, kichik ko‘lamdagi mexanizatsiyalashtirish vositalarida to‘xtalishlarni 
bartaraf qilish imkonini beradi.
Joriy bozor iqtisodiyoti munosabatlari qat’iy tartibdagi raqobat muhitini 
yuzaga keltirib, qurilish firmalarining iste’molchilar bilan bevosita muloqotga 
kirishishlarini talab qiladi. O‘z navbatida, potensial buyurtmachilarni o‘rganish 
zarurati yuzaga kelib, ularga o‘z imkoniyatlari va ustun jihatlari haqida axborot 
berib, buyurtma qabul qilinganidan keyin – taminotchilar va subpudratchilarni 
batafsil o‘rganish, qurilish sohasida yangicha boshqaruv faoliyati – ya’ni, 
marketingni qo‘llash talabi yuzaga keladi..
Umumiy holatda ilgarigi, an’anaviy tavsifdagi, bosh pudratchi shaklidagi 
boshqaruv ustuvorligi, shu bilan birga G‘arb mamlakatlarida kasb mahorati 
darajasida faoliyat yurituvchi (
professional
) loyihani boshqarish uslubi 


20 
ustuvorlik qilishi qayd qilindi. Bu holat qurilishda bosqichlar bo‘yicha 
tarqoqlikni yuqotish va investitsiya siklining ancha qisqartirilishini ta’minlashga 
ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston g‘arb mamlakatlari quruvchilaridan o‘z texnik bilimlari 
bo‘yicha qolishmaydigan yuqori malakali muhandislar va ishchi–xodimlarga 
ega. Biroq, mamlakatda qurilish boshqaruvida huquqiy va iqtisodiy madaniyat 
darajasidagi oqsash mavjudligi,, shuningdek ish bajarishda aniqlik va puxtalik, 
boshqaruv faoliyatining asosini tashkil qiluvchi, zamonaviy axborot 
texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikma 
yetishmasligi ko‘zga tashlanadi. Qurilish ishlab chiqarishi rahbariyati uchun 
hozirgi vaqtda faqat muhandislik bilimlariga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas.
Qurilish ishlab chiqarishi tashkilotlari oldida kompyuterlashtirish va 
professional boshqarishdan tashkil topgan ikki o‘zaro bog‘liq yo‘nalishga 
asoslangan zamonaviy ish bajarish uslublarini o‘zlashtirish masalasi ko‘ndalang 
turadi. Bu tajribaning asosiy g‘oyasi ishlab chiqarishni boshqarish – bu 
shunchaki har qanday odam shug‘ullan-a oladigan faoliyat bo‘lmay, balki 
tegishli bilim va malaka talab qiluvchi, mustaqil, alohida kasbiy faoliyat 
hisoblanadi. Ko‘pgina mutahassislar nuqtai nazariga ko‘ra, bo‘lajak muhandis – 
quruvchilar o‘z kasbni sa’nat darajasida o‘zlashtirishlari talab qilinadi.

Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin