17
qanday cheklanishlarga ega bo‘lmagan, qaror va buyruqlar chiqarish tizimida
qog‘ozbozlik ko‘lami ortishi va shu kabi ko‘plab ob’yektiv va sub’yektiv
sabablar bilan bog‘liq. Shuningdek, bu davrda G‘arb
mamlakatlari tomonidan
amalga oshirilgan islohotlar orqali keng ko‘lamli yordamlashish ham kutilgan
natijalarni bermagan.
Rossiya so‘nggi 15 yil davomida og‘ir iqtisodiy – ijtimoiy qayta
o‘zgarishlar (
transformatsiya
) sharoitida yashashga mahkum etilgan. O‘z
navbatida, boshqa ko‘plab sohalardagi kabi, qurilish sohasi ham murakkab
inqiroz holatini boshidan kechirdi. Qurilish materiallari
ishlab chiqarish va
qurilish industriyasida asosiy fondlar eskirishi, ishdan chiqishi darajasi 50%ga
ortib, yangi fondlarning ishga tushirilishi esa bor – yo‘g‘i 1% ni tashkil qildi,
ya’ni quvvatlar qisqarib ketdi. Qurilish texnikasi parkining eskirishi ro‘y berib,
uning tarkibida katta quvvatli qurilmalar bilan birga uncha katta bo‘lmagan,
universal va maxsus ixtisoslashtirilgan mashinalarning ustuvorligi kuzatiladi.
Bir paytlar yuqori darajada tashkillashtirilgan va qonuniy faoliyat olib borgan
qurilish sohasida «ko‘lanka» sektori va korruptsiya avj oldi. 1990 – yillar bilan
solishtirganda, ikki marta kam hajmdagi turar-joylar ishga tushirilganligi qayd
etildi. Me’yoriy xo‘jalik faoliyatini yuritishga to‘sqinlik qiluvchi, tinimsiz oshib
borgan og‘ir soliqlar yuki, hamda huquqiy va ma’muriy betartib tasirlar
vaziyatni yanada chigallashtirdi. Qurilish sohasida qonuniy faoliyat olib
borishga to‘sqinlik qiluvchi omillarga oldingidek, soliqlarning yuqori darajaligi,
ma’muriy
to‘siqlar,
korruptsiya,
qonunlarning
nomuvofiqligi,
buyurtmachilarning to‘lov
qobiliyati pastligi, qurilish materiallarining tannarxi
balandligi kabilarni ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekiston mustaqqillikga erishgach bozor iqtisodiyotiga o‘tish elon
qilingan va birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan o‘tish davri uchun
“O‘zbekiston modeli” qabul qilingan. Uning besh tamoyilidan biri – bu “davlat
18
– asosiy reformator”. Yani mamlakatda sodir bo‘ladigan barcha ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlarning homiysi va tashbbuskori davlatdir.
Qurilish sohasida asosiy capitallarni eskirganligi, ho‘jalik aloqalar deyarli
yo‘qolganligita va shu kabi boshqa ko‘plab omillar tasirida uning tashkiliy
tuzilmasi hamda boshqaruv organlari tugatildi. Bu holda xususiy tadbirkorlik
yo‘lidagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish – jumladan, qog‘ozbozlik tizimiga chek
qo‘yish, tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat beruvchi
organlar va ularning
manfaatparast amaldorlar apparatini kamaytirish, ruxsat etuvchi hujjatlar va
ularni berilish tartibini me’yoriylashtirish zarurati yuzaga keladi. Mamlakat
miqyosida davlat organlarining javobgarligi va intizomi darajasini oshirish
bo‘yicha huquqiy islohotlar va chora–tadbirlar ijobiy natijalar talab qilinadi.
1999-yildan boshlab, mamlakatda iqtisodiy
vaziyatning nisbatan
barqarorlashishi va o‘z navbatida, qurilish faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari
yaxshilandi. Qurilish sohasi yangi iqtisodiy tamoyillar asosida asta–sekin qayta
tiklana boshladi. Oldingi davrlarda katta hajmli, ko‘p bosqichli ierarxik
tuzilmalar tarkibida faoliyat yuritgan yirik va o‘rtacha ko‘lamli qurilish
tashkilotlari qisman davlat ishtirokidagi hissadorlik (
aksiyadorlik
) jamiyatlariga
aylantirildi.
Qurilish sohasi boshqa sohalarga nisbatan, umumiy holatda xalq xo‘jaligi
ehtiyojlaridan kelib chiqib, Qurilish–montaj ishlarining (QMI) hajmini nisbatan
kengaytirishi, ya’ni moslashuvchanligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Bu holat
avvalom bor, turar joy qurilishi sohasiga tegishl va inqirozdan chiqib ketishida
samarali yo‘l hisoblanadi. Aynan, turar-joy qurilishi o‘z mohiyatiga ko‘ra,
o‘ziga xos poezdning qolgan vagonlarini tortib keta oluvchi lakomotiv tavsifiga
ega bo‘lib, bu sohaning rivojlantirilishi bevosita mebellar ishlab chiqarilishi,
yog‘och materiallari, plastmassa va lak-bo‘yoq materiallari, shuningdek
mashinalar ishlab chiqarilishi va boshqa sohalarning
rivojlantirilishiga turtki
bera oladi. Zamonaviy talablarga ega bo‘lgan holatda sifat darajasi oshirilgan
19
qurilish ishlari hajmini qayta tiklash masalasi ilgari surilgan. Bu maqsadda 2010
yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb elon qilinishi o‘tmas qiymatga
ega bo‘ldi. Faqat 2015 yilda 12 ming uy-yoylar namunaviy loyihalar bo‘yicha
qurildi, 2016 yilga 13 ming rejalashtirilgan.
Yangi iqtisodiy tamoyillar asosida qurilishning qayta tiklanishi va
rivojlantirilishi uchun qurilishda va aralash sohalarda mavjud joriy ishlab
chiqarish quvvatini modernizatsiyalash va yangilarini tashkil qilish bo‘yicha
keng ko‘lamli va uzoq muddatli ishlar bajarilishi talab qilinadi.
Qurilishda asta–sekin kichik korxonalar tashkil qilinib, hozirgi vaqtda ular
pudratchilik ishlarining 1/3 qismini bajarishlari qayd qilinadi. Ularda
Dostları ilə paylaş: